Seshanba kuni Xitoyning Shanxay va Tyanszin shaharlaridagi aeroportlarda koronavirus holatlari aniqlangani sababli bir necha yuz reys bekor qilindi. Bu haqda RIA Novosti Global Times ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Shanxayning «Pudong» xalqaro aeroportida kamida 436 reys bekor qilingan, shuningdek, Tyanszin «Binxay» aeroportida 165 ta reys to‘xtatilgan.

So‘nggi kunlarda ushbu ikki shaharda bir nechta COVID-19 holatlari aniqlangan edi.

Bundan avval, 11 yo‘lovchida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli, Xitoy fuqaro aviatsiyasi regulyatori «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Toshkent-Cian yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini vaqtincha to‘xtatgan edi.