O‘zbekiston Yaponiyadan ¥15 mlrd va $195 mln miqdorida kreditlar olishni rejalashtirmoqda
9 mart 2021, 11:31

O‘zbekiston Yaponiyadan ¥15 mlrd va $195 mln miqdorida kreditlar olishni rejalashtirmoqda

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistonga 15 mlrd yapon yenasi va 195 mln dollarga ikkita kredit ajratishga tayyor. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish va shaffof bozor iqtisodiyotiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi rejalashtirilgan.

Artashes Davtyan «Beeline Uzbekistan» rahbari etib tayinlandi
9 mart 2021, 11:03

Artashes Davtyan «Beeline Uzbekistan» rahbari etib tayinlandi

«Yandeks.Lavka»da bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan Artashes Davtyan 15 martdan boshlab «Beeline Uzbekistan» bosh direktori sifatida ish boshlaydi.

Qibraydagi «Qonli ariq» bo‘yicha rasmiy bayonot berildi
9 mart 2021, 09:27

Qibraydagi «Qonli ariq» bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Qibray tumanidagi «Qonli ariq» voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan «Obod Savdo Biznes» MCHJga qarashli qushxona rahbariyati fevralda ogohlantirilgan bo‘lgan. Ular bir qator qonunni buzgani aniqlanib, qonni ariqqa oqizish to‘xtatildi. Muammoni hal etish uchun esa korxona rahbariga 5 kun muddat berildi.

Elektromobillar 2025 yilga kelib ishlab chiqarilishi mumkin — «O‘zavtosanoat»
9 mart 2021, 08:25

Elektromobillar 2025 yilga kelib ishlab chiqarilishi mumkin — «O‘zavtosanoat»

«O‘zavtosanoat» elektromobillarni 2025 yilga kelib ishlab chiqarishni reja qilmoqda. Biroq, bu hali tahmin. Kompaniya mutaxassisining fikricha, «elektromobilni ekologiyaga ham foydasi bor, lekin ekologiyaning buzilishiga 80 foiz sabab gaz bilan ko‘mirni yoqishdan kelib chiqadi».

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbiridan — niqobsiz reportaj
8 mart 2021, 20:58

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbiridan — niqobsiz reportaj

Prezidentga o‘zbek tilida minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston madhiyasini aytib bergan Xitoy elchisi, farzandlari mehnati uchun mukofot olgan ona, sabrsiz Gulsanem, 3 oylik chaqalog‘i bilan prezidentdan duo olgani kelgan ayol, «Shuhrat» olgan Yulduz Rajabova va Aziza Qurbonova. 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbiridan — niqobsiz reportaj (foto, video).

Qoraqalpog‘istonda 5 kishi gazdan zaharlanib, vafot etdi
7 mart 2021, 15:38

Qoraqalpog‘istonda 5 kishi gazdan zaharlanib, vafot etdi

To‘rtko‘l tumanida to‘rt kishidan iborat oila va ularnikiga kelgan mehmon is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu uylar faqat bayramlardagina eslangan — prezident «Muruvvat» uylari haqida
6 mart 2021, 21:28

Bu uylar faqat bayramlardagina eslangan — prezident «Muruvvat» uylari haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Saxovat» hamda «Muruvvat» internat-uylarida sharoitni yaxshilash, xodimlarning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Nuroniylarning holidan xabar olib turish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalar, maktablar biriktirilishi mumkin. SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligini Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

UzAuto Motors xodimlarning ish haqqidan noroziligi bo‘yicha munosabat bildirdi
6 mart 2021, 18:26

UzAuto Motors xodimlarning ish haqqidan noroziligi bo‘yicha munosabat bildirdi

UzAuto Motors Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari ish haqi keskin kamayganidan va undan ushlab qolinayotganidan shikoyat qildilar. Kompaniya ish haqi bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligini ta’kidlab, xodimlarning ish haqidan kredit to‘lovlari ushlab qolinganligini va sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Avvallari biror oila ajrashsa, butun mahalla oyoqqa turardi — Shavkat Mirziyoyev
6 mart 2021, 17:33

Avvallari biror oila ajrashsa, butun mahalla oyoqqa turardi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda oilaviy ajrimlar soni yuqori bo‘lib qolayotgani achchiq haqiqat ekanligini va o‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgani buning isboti bo‘lganini ta’kidladi. «Avvallari biror oila ajrashsa, mahallada duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi. Ajrim — bu katta fojia», — dedi davlat rahbari.

«Ayollarning sha’niga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanadi» — Shavkat Mirziyoyev
6 mart 2021, 16:02

«Ayollarning sha’niga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanadi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev murakkab pandemiya sharoitida xizmat qilgan ayol shifokorlar, hamshiralar va o‘qituvchilarni tabrikladi. «Siz azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun, odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi», — dedi davlat rahbari.

«Bundan buyon O‘zbekistonda biror-bir ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi» — Shavkat Mirziyoyev
6 mart 2021, 13:27

«Bundan buyon O‘zbekistonda biror-bir ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda 2021 yilda ham ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes yuritishi va boshqa kasblar bo‘yicha o‘qishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari davom etishini aytdi. Prezident «bironta ham ayol davlat va jamiyat e’tiborisiz qolmaydi» deb ta’kidladi.

Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi eng yaxshi aeroport sifatida tan olindi
6 mart 2021, 12:20

Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi eng yaxshi aeroport sifatida tan olindi

Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi «Eng yaxshi aeroport — 2020» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mazkur aeroport «pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo‘lovchi va yuk tashishda faollik ko‘rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan havo darvozasi» sifatida e’tirof etildi.

5 ming dollarga DXXga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
6 mart 2021, 10:40

5 ming dollarga DXXga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, fuqaroni 5 ming dollarga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Nima tayyorlaymiz: ayollar bayrami uchun salat
6 mart 2021, 10:08

Nima tayyorlaymiz: ayollar bayrami uchun salat

Zira.uz ayollar kuni uchun eng mazali va nafis salatlar retseptlari to‘plamini taqdim etadi.

Kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi
6 mart 2021, 09:25

Kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi. Birinchisi 2:52 da Toshkent viloyatining Pskent tumanida, ikkinchisi esa Qirg‘izistonda Farg‘ona viloyati bilan chegaraga yaqin joyda qayd etildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 mart 2021, 21:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda pensiya yoshining oshirilishi, Kambojada COVID-19'ni qasddan yuqtirganlarga 20 yillik qamoq jazosi berilishi, Qozog‘istonda kondan 260,9 ming dollar qiymatidagi oltin o‘g‘irlangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Gruziya o‘zbekistonliklar uchun mamlakat havo chegaralarini ochdi
5 mart 2021, 19:11

Gruziya o‘zbekistonliklar uchun mamlakat havo chegaralarini ochdi

Gruziya O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga manfiy PZR-test natijalari bilan mamlakatga havo yo‘llari orqali kirishga ruxsat berdi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
5 mart 2021, 18:47

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelgan Vladimir Tyurdenevning o‘rnini egalladi.

Prokuror suddan Gulhajon Yo‘ldoshevani 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi
5 mart 2021, 18:05

Prokuror suddan Gulhajon Yo‘ldoshevani 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi

Prokuror Toshkent viloyati bosh infeksionisti Gulhajon Yo‘ldoshevani 3 yilgacha muayyaan huquqdan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi. Advokatlar esa boshqacha fikrda. Yo‘ldoshevaning himoyachilari jinoyat ishi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda Chirchiq shahar prokurori tashabbusida qo‘zg‘atilganini aytmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
5 mart 2021, 16:47

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 490 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting