Oleg Sergeyevich Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning 5 martdagi farmonida nazarda tutilgan.

U ushbu lavozimda 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelgan Vladimir Tyurdenevning o‘rnini egalladi.

Oleg Malginov (1957 y.t.) 2012 yildan 2016 yilgacha Rossiyaning Ruminiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. Ushbu tayinlovgacha u Rossiya Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha departament rahbari ishlagan.