O‘zbekiston TDT doirasida «Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududi»ni barpo etishni taklif qildi
11 noyabr 2022, 10:49

O‘zbekiston TDT doirasida «Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududi»ni barpo etishni taklif qildi

O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida «Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududi»ni barpo etish taklifini ilgari surdi. Shavkat Mirziyoyev tashkilotning Samarqanddagi sammitida nutq so‘zlab, dolzarb zamonaviy muammolarni hal qilishda umumiy yondashuvlarni aniqlashga chaqirdi.

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi
11 noyabr 2022, 10:40

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi

Chilonzor tumani «Ko‘tarma» mahallasidagi daraxtzor o‘rnida turar-joy qurilishiga qarshii chiqqan profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.

«Biz har qanday qiyinchiliklarni do‘stlik orqali yengib o‘tishga qodirmiz». Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar haqida
11 noyabr 2022, 10:38

«Biz har qanday qiyinchiliklarni do‘stlik orqali yengib o‘tishga qodirmiz». Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar haqida

TDT sammitida Shavkat Mirziyoyev a’zo mamlakatlar bugungi kunda keskin geosiyosiy ziddiyatlar va global iqtisodiy inqiroz bilan bog‘liq sinovlarni boshdan kechirayotganini ta’kidladi. «Qiyinchiliklarni do‘stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tishga qodirmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Banklar dollarning sotuv kursi bo‘yicha yangi takliflarni e’lon qildi
11 noyabr 2022, 09:30

Banklar dollarning sotuv kursi bo‘yicha yangi takliflarni e’lon qildi

Markaziy bank 11 noyabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 194,86 so‘m etib belgiladi. Shunga ko‘ra, tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

JCH-2022: Taraqqiyot qay darajaga yetdi?
11 noyabr 2022, 09:00

JCH-2022: Taraqqiyot qay darajaga yetdi?

«Gazeta.uz» va Dmitriy Povarov JCH-2022 arafasida «E» guruhi bilan tanishtiradi: Germaniya yangi murabbiyning yutuqlarini namoyish etishga, Ispaniya esa to‘liq nazoratni saqlab qolishga harakat qiladi, Kosta-Rika o‘zini sinovdan o‘tkazishga, Yaponiya esa tezlik va texnikasini to‘g‘ri yo‘naltirishga tayyorlanmoqda.

Har chorakda soliq va statistika organlariga moliyaviy hisobotlarni topshirish talabi bekor qilinadi
10 noyabr 2022, 22:12

Har chorakda soliq va statistika organlariga moliyaviy hisobotlarni topshirish talabi bekor qilinadi

2023 yil 1 yanvardan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslar xodimlarining ish haqi va boshqa daromadlari haqidagi arxiv hujjatlarini saqlash va arxivlarga topshirishdan ozod qilinadi.

Adliya vazirligi Toshkent budjetiga oid hujjatlar “o‘chirilgani” bo‘yicha izoh berdi
10 noyabr 2022, 21:51

Adliya vazirligi Toshkent budjetiga oid hujjatlar “o‘chirilgani” bo‘yicha izoh berdi

Adliya vazirligi E-qaror portalida Toshkent hokimligining shahar budjetiga oid hujjatlari avval “o‘chirilgani”, so‘ngra qayta tiklangani yuzasidan izoh berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, faqat hokimlar hujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanishni cheklash huquqiga ega.

«Yangi dunyo tartibi uchun kurash mamlakatlarimiz xavfsizligi va rivojlanishiga tahdid soladi» — Vladimir Norov
10 noyabr 2022, 20:38

«Yangi dunyo tartibi uchun kurash mamlakatlarimiz xavfsizligi va rivojlanishiga tahdid soladi» — Vladimir Norov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotini suverenitet, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikka tahdidlarni yengish uchun birgalikdagi imkoniyatlarni oshirishga chaqirdi.

Turkiya prezidenti O‘zbekistonning «Oliy darajali Imom Al-Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi
10 noyabr 2022, 20:08

Turkiya prezidenti O‘zbekistonning «Oliy darajali Imom Al-Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonning «Oliy darajali Imom Al-Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi. Unga bu yuksak mukofotni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Yuriy Nikulinning afsonaviy sirki Toshkentda tomoshalarini taqdim qiladi
10 noyabr 2022, 19:00

Yuriy Nikulinning afsonaviy sirki Toshkentda tomoshalarini taqdim qiladi

19 noyabrdan 11 dekabrgacha Toshkentda Moskvaning “Svetnoy bulvar” xiyobonida joylashgan Nikulin sirki jamoasi Toshkentda bayram dasturini namoyish etadi.

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
10 noyabr 2022, 18:23

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.

TIV Ukraina razvedkasining O‘zbekiston urushda Rossiyaga ko‘maklashayotgani haqidagi bayonotini asossiz deb atadi
10 noyabr 2022, 17:55

TIV Ukraina razvedkasining O‘zbekiston urushda Rossiyaga ko‘maklashayotgani haqidagi bayonotini asossiz deb atadi

O‘zbekiston TIV Ukraina elchisi bilan uchrashuvda, Ukraina Mudofaa vazirligining O‘zbekiston sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib bergani haqidagi «asossiz bayonoti» yuzasidan «jiddiy xavotir bildirdi».

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda hamkorlik qilishga kelishib oldi
10 noyabr 2022, 17:19

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda hamkorlik qilishga kelishib oldi

Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi yakunlari bo‘yicha avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va memorandumlar imzolandi.

AQSh Orol dengizining ekotizimini qayta tiklash uchun O‘zbekistonga 1,6 mln dollar ajratdi
10 noyabr 2022, 17:04

AQSh Orol dengizining ekotizimini qayta tiklash uchun O‘zbekistonga 1,6 mln dollar ajratdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Orol dengizi hududida cho‘llanishning salbiy oqibatlari bilan kurashish maqsadida 1,6 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratganini e’lon qildi. Tashabbus dengizning qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.

Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Ibn Sinoning bronza byusti ochildi
10 noyabr 2022, 16:38

Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Ibn Sinoning bronza byusti ochildi

Avicennia International Prize xalqaro mukofotini topshirish marosimida Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Abu Ali ibn Sinoning bronza byusti ochildi.

«O‘qituvchilarga tekin xizmatkor sifatida qarashga barham berish shart» — Saida Mirziyoyeva
10 noyabr 2022, 15:37

«O‘qituvchilarga tekin xizmatkor sifatida qarashga barham berish shart» — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda o‘qituvchilarni «xuddi yigirma yil oldingi kabi» xonadonlarni aylanib chiqishga va o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishga majbur qilishayotgani haqida eshitib «juda xafa bo‘lgani»ni ma’lum qildi. U mutassaddilardan o‘qituvchilarni dars berishdan boshqa barcha vazifalardan ozod qilishni so‘radi.

$205 mlnga qurilgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi $87 mln evaziga sotildi
10 noyabr 2022, 15:36

$205 mlnga qurilgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi $87 mln evaziga sotildi

Davaktiv agentligi «Poytaxt qurilish va xizmat» korxonasining 100% ulushi bo‘lgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi $87 mln evaziga xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Xaridor Abu Dhabi Uzbek Investment QK bo‘lib, u obyektni rivojlantirish uchun qo‘shimcha $12 mln sarmoya kiritish majburiyatini oldi.

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Samarqandda muzokara o‘tkazdi
10 noyabr 2022, 15:25

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Samarqandda muzokara o‘tkazdi

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban muzokara sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalaridagi investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashdi.

Jamshid Xodjayev — O‘zbekiston-Vengriya tadbirkorlariga: «Qo‘llab-quvvatlashga kafolat beraman»
10 noyabr 2022, 15:18

Jamshid Xodjayev — O‘zbekiston-Vengriya tadbirkorlariga: «Qo‘llab-quvvatlashga kafolat beraman»

O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida nutq so‘zlagan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev o‘zaro hamkorlikning muhim olti yo‘nalishiga to‘xtalib o‘tdi. «Sizlarning bugungi barcha kelishuvlaringiz alohida nazoratga olinishini va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga kafolat beraman», — dedi u.

Asialuxe Travel Saudiya Arabistoniga eksklyuziv turlar taklif qilmoqda
10 noyabr 2022, 15:00

Asialuxe Travel Saudiya Arabistoniga eksklyuziv turlar taklif qilmoqda

Saudiya Arabistonning madaniyati va tarixining qadimiy dunyosi bilan qulay sharoitlarda tanish uchun Asialuxe Travel eksklyuziv turlar taklif qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting