Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida besh kishi is gazidan zaharlandi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi.

Voqea yuzasidan 6 mart kuni soat 11:30 larda To‘rtko‘l tumani IIBga xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, To‘rtko‘l tumani, «Yangiobod» MFYda yashovchi fuqaro I.U.(erkak) va uning qizlari R.S.(2003 y.t.), R.A.(2010 y.t.) va o‘g‘li R.M.(2005 y.t.) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular xonadonda o‘rnatilan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanishgan.

Ushbu holat yuzasidan To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining JKning 259-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.