Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 9 martdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 12,79 so‘mga ko‘tarildi va 10 490,65 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 93,71 so‘mga arzonladi va 12 513,25 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,32 so‘mga pasaydi va 140,52 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 9 so‘mga arzonlab, jami 10 477 so‘mni tashkil qilgandi.