FVV Respublika seysmik prognostik monitoring markazi kechqurun va ertalab sodir bo‘lgan ikkita zilzila to‘g‘risida xabar berdi.

2:52 da sodir bo‘lgan birinchi zilzila epitsentri Toshkent viloyati Pskent tumanida (40,89 daraja shimoliy kenglik, 69,5 daraja sharqiy uzunlik) joylashgan. Epitsentrda magnituda 4,4 ni tashkil etdi. O‘choq chuqurligi — 10 km.

Toshkentda (48 km janubi-sharqiy yo‘nalishda) yer osti silkinishi kuchi 4 ball, Gulistonda (75 km) — 3 ball, Jizzaxda (164 km) va Namanganda (183 km) — 2 ball bo‘ldi.

Ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan ertalab soat 6:04da Qirg‘izistonning Qadamjoy viloyati hududida, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati bilan chegarasi yaqinida sodir bo‘ldi (Shimoliy kenglik 40,24 daraja; sharqiy uzunlik 71,88 daraja), Toshkentdan 252 km janubi-sharqda.

Zilzila epitsentrida magnituda 4 bo‘lgan, o‘choq chuqurligi 13 km.

Zilzila Farg‘ona shahrida (epitsentridan 18 km uzoqlikda) 4 ball, Andijonda (72 km) va Namanganda (86 km) 2 ballgacha sezilgan.