«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda ayollar bayrami uchun mazali salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Tunets balig‘i va quritilgan pomidordan salat


Bu salatdagi no‘xat o‘rniga konservalangan loviyadan solib, 5−10 daqiqa ichida mazali salat tayyorlash mumkin.

«Kapreze» salati


«Kapreze» qanday salat? Bu motsarella pishlog‘ining sersuv bo‘lakchalari, yaxshi pishgan pomidor va xushbo‘y rayhon yaproqchalaridan tashkil topgan juda mazali salatdir.

Tovuq va pishloqli salat


Bayramga ham sanoqli kunlar qolgan bo‘lsada, lekin ko‘pchilik bayram dasturxonini bezatish va taomlar tayyorlash bo‘yicha rejalar tuzishni boshlab yuborgan bo‘lsa ajab emas. Sizlarga tovuq va suxarikli salat retseptini taqdim qilamiz. Oddiy va mazali salat sizga yoqishi aniq.

Qizil boshli karam va rukkoladan salat


Sizlarga qizil boshli karam va rukkoladan tayyorlaniladigan yengil va foydali salat tayyorlashni o‘rgatamiz. Bu salat vitaminlarga juda ham boy bo‘lib, ko‘pchilikka yoqishi aniq.

Fransuzcha salat


Mazali fransuzcha salat — organizm uchun haqiqiy vitaminlar manbai bo‘la oladi. Kam vaqt sarflab, mazali yegulikdan bahramand bo‘lamiz.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15