Tahminlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib ishlab chiqarilish mumkin, hozirda konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Bu haqda o‘tgan hafta Uzauto Motoros zavodiga uyushtirilgan press-tur davomida «O‘zavtosanoat» boshqarma boshlig‘i Qodirov Rustam ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

«Elektromobillar bo‘yicha hozircha faqat konsepsiya yo‘nalishida ish olib borilyapti. Tahminimizcha, 2025 yillarga kelib ishlab chiqarilish mumkin. Dunyoda yiliga 100 mlnta mashina sotilsa, shularning 2% ni elektromobillar tashkil etadi. Hammaga yoqadigan mashina — Tesla. Narxi 35 ming dollar. O‘zbekistonda esa 35 ming dollarga mashina oladiganlar anchagina kam. Bizning 80% savdomiz 11 ming dollardan kam mashinalar bilan», — dedi Qodirov.

«O‘zavtosanoat» Strategik bo‘lim boshlig‘i Rustam Qodirov. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz».

Uning fikricha, elektromobillar ekologik bo‘lsada, unga elektr energiya ishlab chiqarishdan tabiatga ko‘proq zarar yetadi.

«Elektromobilni ishlab chiqarishdan ko‘ra, birinchi o‘rinda infratuzilma yaratishimiz kerak. Elektromobilni ekologiyaga ham foydasi bor deyishadiku, lekin ekologiyaning buzilishiga 80% sabab gaz bilan ko‘mirni yoqishdan kelib chiqadi», — dedi «O‘zavtosanoat» vakili.

Avvalroq, O‘zbekistonda 2021−2023 yillarda 7 ta kompaniya tomonidan yengil avtomobillar, pikaplar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar va boshqa avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish reja qilinayotgani haqida xabar bergan edik. Bu prezident 2021−2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirishga oid qarorida aks etgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning 9 oyida O‘zbekistonga 82 ta elektromobil import qilingan.