Sambo bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi
25 mart 2021, 11:27

Sambo bo‘yicha 2021 yilgi Jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Sport va jangovar sambo bo‘yicha Jahon chempionati 12−14 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Sportchilar 21 medallar to‘plami uchun kurash olib boradilar.

«Amirsoy» dam olish maskani yaqinida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi
25 mart 2021, 10:53

«Amirsoy» dam olish maskani yaqinida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi

Bo‘stonliq tumani «Amirsoy» dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lning 19−20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi. Transport harakati to‘xtatilib, dam olishga bormoqchi bo‘lganlardan sihatgoh tomon harakatlanmaslik so‘ralmoqda.

JSST Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi haqida xabar berdi
25 mart 2021, 10:06

JSST Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi haqida xabar berdi

Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi tarqalishi e’lon qilindi, 2-turdagi poliovirus bilan kasallangan bolalarda falaj kasalligining to‘rtta holati qayd etildi. JSST epidemiyani ikkinchi darajali favqulodda holat deb tasniflamoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 mart 2021, 21:09

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHda hujum qurollarini sotishga taqiq qo‘yilishi mumkinligi, Slovakiyada hukumat inqirozi sababli bir necha vazirning iste’fosi, Germaniyada Pasxa ta’tillaridagi cheklovlarning bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Manzilli dasturlarga ajratilgan 10 trln so‘mdan 845 mlrd so‘mi talon-toroj qilingan
24 mart 2021, 20:30

Manzilli dasturlarga ajratilgan 10 trln so‘mdan 845 mlrd so‘mi talon-toroj qilingan

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida bosh prokuror o‘rinbosari 2020 yilda O‘zbekistonda manzilli dasturlarga yo‘naltirilgan 10 trln so‘mning 845 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganiga e’tibor qaratdi.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 3 mlrd dollar ajratiladi — prezident
24 mart 2021, 20:06

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 3 mlrd dollar ajratiladi — prezident

Joriy yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari hamda ipoteka dasturlarini moliyalashtirishga 3 mlrd dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Prezident ushbu mablag‘lar tashqi qarz ko‘paymagan holda ajratilishini ma’lum qildi.

Mamlakatda eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallasi mavjud
24 mart 2021, 19:30

Mamlakatda eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallasi mavjud

Prezident respublikada eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallalari mavjudligini aytdi. 4 mingdan ziyod mahallaning elektr ta’minoti qoniqarsiz ahvolda.

Sherzod Asadov prezident matbuot kotibi etib tayinlandi
24 mart 2021, 18:44

Sherzod Asadov prezident matbuot kotibi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sherzod Asadov prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlandi.

Samarqandda yangi maktab ochildi — bu viloyatdagi eng yirik maktab
24 mart 2021, 17:33

Samarqandda yangi maktab ochildi — bu viloyatdagi eng yirik maktab

Samarqandda deyarli 1700 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Bu viloyatdagi eng yirik maktab hisoblanadi. Maktabda 60 ta o‘quv xonasi, ikkita sport zali, shuningdek, futbol, voleybol maydonlari va tennis korti mavjud.

Buxoro va Jizzax neft bazalarida — yirik debitorlik qarzlari mavjud
24 mart 2021, 16:52

Buxoro va Jizzax neft bazalarida — yirik debitorlik qarzlari mavjud

Buxoro va Jizzax neft bazalarida moliyaviy intizom buzilganligi — kamomad va xodimlarga asossiz to‘lovlar, shuningdek, debitorlik qarzlari (33 mlrd va 35 mlrd so‘mdan ortiq) aniqlandi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
24 mart 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 507,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

Yangihayotda 8 oylik chaqaloqni 10 ming AQSH dollarga sotgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 mart 2021, 15:49

Yangihayotda 8 oylik chaqaloqni 10 ming AQSH dollarga sotgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yangihayot tumanida 8 oylik chaqalog‘ini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.

O‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan shaxs pul evaziga yordam taklif qilgan
24 mart 2021, 15:44

O‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan shaxs pul evaziga yordam taklif qilgan

Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook saytida O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan. Shu bilan birga, odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan.

Elektr ta’minotiga ulanish uchun yig‘im joriy qilish taklifi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilmagan
24 mart 2021, 14:27

Elektr ta’minotiga ulanish uchun yig‘im joriy qilish taklifi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilmagan

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Energetika vazirligining tadbirkorlarning elektr tarmog‘iga ulanishi uchun bir martalik 14,7 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovni joriy etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishilmaganini ma’lum qildi. Loyihaning dastlabki versiyasida to‘lovlar kamroq miqdorda bo‘lgan, qolaversa, unda maishiy iste’molchilarning ham to‘lov qilishi nazar tutilgan edi.

Yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan ayollar jazolandi, 3 nafari 15 sutkaga qamaldi
24 mart 2021, 14:11

Yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan ayollar jazolandi, 3 nafari 15 sutkaga qamaldi

Navro‘z kuni yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan olti ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan uch nafari 15 sutkaga qamaldi.

UzAuto Motors yangi Equinox va Tracker narxlarini e’lon qildi
24 mart 2021, 13:18

UzAuto Motors yangi Equinox va Tracker narxlarini e’lon qildi

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Equinox va Chevrolet Tracker modellarini sotuvga chiqarishni boshladi.

Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va farzandlarini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi
24 mart 2021, 13:04

Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va farzandlarini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ayol 3 nafar qiz farzandini temir yo‘l iziga olib chiqqan. Poyezd urilishi natijasida ayol olgan tan jarohatidan vafot etdi, 2016 yilda tug‘ilgan farzandi shifoxonada davolanmoqda.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda
24 mart 2021, 12:36

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Jumladan, qariyb 3 ming km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 60 foiz mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.

Vladimir Putin COVID-19ga qarshi emlandi
24 mart 2021, 10:56

Vladimir Putin COVID-19ga qarshi emlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Davlat rahbarining aynan qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum emas va vaksinatsiya jarayoni kameralar ostida tashkil etilmadi.

O‘zbekistonda 1 apreldan vaksinatsiya jarayonlari boshlanadi
24 mart 2021, 10:42

O‘zbekistonda 1 apreldan vaksinatsiya jarayonlari boshlanadi

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi. Olib kelingan vaksina (AstraZeneca) bilan 330 ming aholini ikki marotaba emlash ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting