VEON kompaniyalari guruhi Artashes Davtyanni 15 martdan «Beeline Uzbekistan» bosh direktori (CEO) etib tayinlanganini e’lon qildi.

Artashes Davtyan tayinlovga qadar «Yandeks.Lavka»da xususiy savdo markasi bo‘limini boshqargan. U shuningdek, Gillette, PepsiCo va Mars kompaniyalarida ham rahbar sifatida faoliyat yuritgan.

Bungacha «Beeline Uzbekistan» bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Sergey Afonin o‘z lavozimini tark etishi va faoliyatini VEON kompaniyalari guruhidan tashqarida davom ettirishi haqida ma’lum qilgan edi.