Qarshida sinfda peshob qilgan maktab o‘quvchisining ota-onasiga chora ko‘rildi
23 mart 2021, 20:20

Qarshida sinfda peshob qilgan maktab o‘quvchisining ota-onasiga chora ko‘rildi

Qarshidagi 1-maktabning yuqori sinf o‘quvchilaridan biri sinfda peshob qildi, sinfdoshi esa uni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. O‘quvchining ota-onasi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan biri Qashqadaryo prokuraturasida ishlashi ma’lum bo‘ldi.

Xorazmda bog‘cha bolalarini yupun kiyimda tadbirga chiqarganlarga intizomiy jazo qo‘llaniladi
23 mart 2021, 17:38

Xorazmda bog‘cha bolalarini yupun kiyimda tadbirga chiqarganlarga intizomiy jazo qo‘llaniladi

Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida bolalar yupun kiyimlarda ishtirok etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, xodimlarga intizomiy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi. Mas’ul tashkilot tadbir kuni ob-havo issiq bo‘lganini ta’kidlamoqda. Biroq suratda mutasaddilar bolalarga qaraganda issiqroq kiyimda ekanligini ko‘rish mumkin.

Andijonda 4 ta avtomobil to‘qnashdi
23 mart 2021, 16:09

Andijonda 4 ta avtomobil to‘qnashdi

Andijon shahrida 3 ta Lacetti va Labo ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Labo haydovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Fevral oyida ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgardi?
23 mart 2021, 14:03

Fevral oyida ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgardi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fevral oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgarganini tahlil qilib chiqdi.

Yandex Go Toshkentda bank kartalari orqali to‘lovni yo‘lga qo‘ydi
23 mart 2021, 13:00

Yandex Go Toshkentda bank kartalari orqali to‘lovni yo‘lga qo‘ydi

Endilikda Toshkent hududida Yandex Go xizmati uchun to‘lovlarni UzCard va Humo, xalqaro Visa hamda Mastercard kartalari yordamida amalga oshirish mumkin.

Hafta davomida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda
23 mart 2021, 12:31

Hafta davomida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda

Sinoptiklarning xabar berishicha, 23 mart kuni bir qator viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Mamlakatda haftaning o‘rtalarida iliq ob-havo hukmronlik qiladi, ammo juma kunidan yana yog‘ingarchiliklar kutilmoqda.

175 ta maktabda fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladi
23 mart 2021, 12:15

175 ta maktabda fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladi

Prezident fizika ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. 175 ta maktabda fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar ochiladi. «Barkamol avlod» maktablarida «STEM-klublar» tashkil etiladi.

ITSV tuzilmasida Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi
23 mart 2021, 12:02

ITSV tuzilmasida Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etildi. Moskvada ITSV vakolatxonasi ochiladi.

«Termiz» poligonida o‘zbek-turk harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
23 mart 2021, 11:48

«Termiz» poligonida o‘zbek-turk harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

«Termiz» poligonida O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.

Toshkent shahridagi maktablar ta’tili uzaytirilishi mumkin
23 mart 2021, 10:54

Toshkent shahridagi maktablar ta’tili uzaytirilishi mumkin

Toshkent shahridagi bolalar orasida COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘payib borayotgani sababli, maktab ta’tili uzaytirilishi mumkin. Hozirda koronavirus bilan bolalarda kasallanishlar ko‘rsatkichi 25 foizdan oshgan. O‘tgan yili mazkur ko‘rsatkich 5−7 foiz bo‘lgan.

Germaniyada karantin muddati uzaytirildi
23 mart 2021, 10:42

Germaniyada karantin muddati uzaytirildi

Germaniyada umummilliy karantin rejimi 18 aprelga qadar uzaytirildi. Pasxa bayramlarida ham cheklovlar kuchaytiriladi — barcha do‘konlar yopilib, jamoat yig‘ilishlari taqiqlanadi.

Tadbirkorlar uchun elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda
23 mart 2021, 09:53

Tadbirkorlar uchun elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda

Energetika vazirligi ishlab chiqqan ma’muriy reglament loyihasida quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni (maishiy iste’molchilardan tashqari) tarmoqqa ulash uchun 14,7 mln so‘mgacha miqdorda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.

Opera teatrining ikki xodimasini mashina urib yubordi, ulardan biri vafot etdi
23 mart 2021, 09:20

Opera teatrining ikki xodimasini mashina urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Spark haydovchisi opera teatri yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida teatrning ikki xodimasini urib yubordi. Ulardan biri — Bahora Rahimova — vafot etdi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi
22 mart 2021, 14:27 2

Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi

Taniqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

«Keng ko‘lamli islohotlarimizni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz» — Shavkat Mirziyoyev
21 mart 2021, 21:15

«Keng ko‘lamli islohotlarimizni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz» — Shavkat Mirziyoyev

«Xalqimizning fidokorona mehnati, qat’iy siyosiy irodamiz bilan keng ko‘lamli islohotlarimizni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz», — dedi prezident o‘zining bayram tabrigida. Shavkat Mirziyoyev xalq sayillarida ham ishtirok etdi.

Yuk poyezdi urib yuborgan 11-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi
20 mart 2021, 14:49

Yuk poyezdi urib yuborgan 11-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Payshanba kuni maktabdan uyiga qaytayotgan o‘quvchini yuk poyezdi urib yubordi. U sinfdoshlarini kutib turganida sumkasi yuk poyezdiga tegib, uni sudrab ketgan. O‘quvchi bosh qismidan jarohat olgan. U shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.

Kattaqo‘rg‘onda harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20 mart 2021, 14:16

Kattaqo‘rg‘onda harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqarolardan birini harbiy xizmatga jo‘nata olishiga ishontirib, undan 3500 dollar olish holati ma’lum bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.

Samarqandda jurnalistga tahdid qilinishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
20 mart 2021, 12:38

Samarqandda jurnalistga tahdid qilinishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

Samarqandda Rossiyaga samolyot chiptalarini sezilarli darajada qimmatga sotilayotganini o‘rganayotgan Kun.uz muxbiriga o‘ldirish bilan tahdid qilindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi
20 mart 2021, 10:41

Daryo.uz bosh muharriri huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini rad etdi

Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.

Navro‘z bayramiga nima tayyorlaymiz?
20 mart 2021, 10:30

Navro‘z bayramiga nima tayyorlaymiz?

Zira.uz barchani yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi va bayram dasturxoni uchun bir nechta o‘ziga xos taomlarni tayyorlab qo‘ygan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting