O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga asosan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan (JICA) umumiy qiymati 333,4 mln dollarlik ikkita kredit jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, qarz mablag‘lari quyidagi moliyalashtirish shartlarida jalb etilishi ko‘zda tutilgan:

  • 15,0 mlrd yapon yenasi miqdoridagi mablag‘lar 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda;
  • 195,0 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR (London banklararo takliflar stavkasi) +1,1 foizda. Agentlik energetika sohasida islohotlar matritsasini ishlab chiqdi, uni Energetika vazirligi va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ amalga oshirishi kutilmoqda.

Markaziy bankni «pul o‘tkazmalari jarayonini optimallashtirish» uchun O‘zbekiston moliyaviy agenti sifatida tayinlash rejalashtirilgan.

Loyihani muhokama qilish 20 martgacha davom etadi.

2020 yilda O‘zbekiston davlat qarzi 30,8 foizga o‘sdi va 23,3 mlrd dollarni tashkil etdi (YAIMga nisbatan 40,4 foiz). «Gazeta.uz» uning tuzilishi haqida batafsil yozgan edi. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligiga 2 mlrd dollar qarzdor.