“Bu ma’lumotlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. Navoiy IIB — “sharmanda doskasi” haqida
8 fevral 2024, 09:57

“Bu ma’lumotlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. Navoiy IIB — “sharmanda doskasi” haqida

Navoiy viloyati IIB jinoyat sodir etganlarning suratlari tushirilgan “sharmanda doskasi” mahallalarda joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Avvalroq ombudsman bu amaliyot inson huquqlariga zid ekanini bayon qilgandi. Bunday suratlarni joylashtirish 2021-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan.

Aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi
8 fevral 2024, 09:41

Aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi

“Kulol va xurmacha”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon” va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi.

2023-yilda Uzcard va Humo`da amalga oshirilgan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari hajmi 1,5 baravar ko‘paydi
8 fevral 2024, 09:30

2023-yilda Uzcard va Humo`da amalga oshirilgan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari hajmi 1,5 baravar ko‘paydi

2023-yilda Uzcard va Humo tizimlarida amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari hajmi 224,3 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 80,8 trln so‘mga yoki 56 foizga ko‘proq bo‘ldi. QR-kodlardan foydalanib amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 2,5 barobarga oshdi.

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
8 fevral 2024, 05:42

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Qalin qor yoqqani sababli 8-fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hudud maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda (video).

HAMAS G‘azoda 135 kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda — Reuters
8 fevral 2024, 00:41

HAMAS G‘azoda 135 kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda — Reuters

HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Bu davr mobaynida guruh garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil askarlari esa G‘azoni tark etishi kerak bo‘ladi.

“Qimor va bukmekerlikni qonuniylashtirish jamiyatning o‘zida bahsli masala” — ILMA
8 fevral 2024, 00:25

“Qimor va bukmekerlikni qonuniylashtirish jamiyatning o‘zida bahsli masala” — ILMA

O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va bukmekerlikni qonuniylashtirish masalasi jamiyatning o‘zida munozarali, shu bois Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hozir bu boradagi pozitsiyasini ko‘rib chiqmoqda, dedi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: Qatar va Iordaniya finalda
8 fevral 2024, 00:07

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: Qatar va Iordaniya finalda

Qatar terma jamoasi Eronni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo kubogi finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular chempionlik uchun Iordaniya bilan bahslashadi. O‘yin 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi
7 fevral 2024, 23:19

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasblari Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Exit-poll natijalariga ko‘ra, u saylovda 93,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.

E️ndi axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlarga ham Zulfiya mukofoti beriladi
7 fevral 2024, 22:11

E️ndi axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlarga ham Zulfiya mukofoti beriladi

Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, mukofot komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib borishi belgilandi.

Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmaydi — YI sudi
7 fevral 2024, 21:12

Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmaydi — YI sudi

Yevropa sudi milliarder Alisher Usmonovning o‘ziga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli YI tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Usmonovning advokatlari sanksiyalar uchun asoslar noaniq ekanini ta’kidladi, biroq sud bu fikrga qo‘shilmadi.

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi
7 fevral 2024, 20:41

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAning “Al-Vahda” klubida davom ettiradi, boshqa bir yarim himoyachi Oston O‘runov esa Eronning amaldagi chempioni “Persepolis"ga o‘tdi.

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Humo Arena`dagi xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi
7 fevral 2024, 20:24

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Humo Arena`dagi xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.

Mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilganlarning surati va ma’lumotini joylashtirish inson huquqlariga zid — ombudsman
7 fevral 2024, 18:27

Mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilganlarning surati va ma’lumotini joylashtirish inson huquqlariga zid — ombudsman

Navoiy viloyatidagi mahallalarda “Sharmanda doskasi” joriy etilib, ularda jinoyat sodir etganlarning suratlari ilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Hukumat qarorida bu turdagi e’lonlarni joylashtirish belgilangan. Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman bunday amaliyot inson huquqlariga zid ekanini ta’kidladi.

2023-yilda IELTS topshirgan yoshlarning 8,2 mingdan ortig‘iga imtihon xarajati qaytarib berildi
7 fevral 2024, 16:13

2023-yilda IELTS topshirgan yoshlarning 8,2 mingdan ortig‘iga imtihon xarajati qaytarib berildi

Yoshlar ishlari agentligi bir yilda 12,3 ming nafar xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga 21,7 mlrd so‘m mablag‘ni kompensatsiya qildi. Imtihon topshirish xarajatlarini qaytarib olgan yoshlarning eng ko‘pi IELTS`dan yuqori ball olgan.

Rossiya Ukraina bo‘ylab yana keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi
7 fevral 2024, 15:43

Rossiya Ukraina bo‘ylab yana keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi

7-fevral kuni ertalab Ukraina yana o‘qqa tutildi, bir qancha hududlarda portlash ovozlari eshitildi. Kiyevda hujum tufayli 18 qavatli turar joy binosi yonib ketdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi
7 fevral 2024, 15:04

Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi

Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.

Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda
7 fevral 2024, 15:03

Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelmoqda. Kecha shaharda ikki davlat bayroqlari ilindi, chorshanba kuni ertalabdan ko‘cha ekranlarida Aleksandr Lukashenkoga atalgan qutlovlar paydo bo‘ldi. Belarus bosh vaziri o‘rinbosari va qator vazirlar yetib kelgan, forumlar, muzokaralar bo‘lmoqda.

O‘zbekiston sud orqali Binance`dan litsenziyasiz ishlaganlik uchun jarima to‘lashni talab qilmoqda
7 fevral 2024, 13:40 1

O‘zbekiston sud orqali Binance`dan litsenziyasiz ishlaganlik uchun jarima to‘lashni talab qilmoqda

O‘zbekistonda litsenziyasiz faoliyat yuritgani uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 102 mln so‘m jarimaga tortilgan Binance kriptobirjasi buni to‘lashdan bosh tortdi. Endilikda summa sud orqali undirilishi, sud qarori kriptobirja ro‘yxatdan o‘tgan yurisdiksiyaga yuborilishi aytildi.

Shuxrat Sadikov bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘ldi
7 fevral 2024, 12:57

Shuxrat Sadikov bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘ldi

Shuxrat Sadikov O‘zbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. U 2023-yilning fevralidan buyon kotibiyat rahbarining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Umra xizmatlarini reklama qilgan litsenziyasiz turfirmalar javobgarlikka tortildi
7 fevral 2024, 12:26

Umra xizmatlarini reklama qilgan litsenziyasiz turfirmalar javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘istonda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, ijtimoiy tarmoqlarda Umra xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan noqonuniy reklamalar joylashtirib borgan ikki kompaniya javobgarlikka tortildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting