O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.

Shuhrat Sadikov 1969-yilda tug‘ilgan. 2018-yilning avgustidan 2021-yilning noyabrigacha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida ishlagan.

U Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Telegram va boshqa bir qator ommabop internet platformalari, jumladan, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklab qo‘yganidan so‘ng ushbu lavozimdan ozod etilgandi.

2017−2018-yillarda prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi rahbari bo‘lgan. Bungacha — 2010-yildan — Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 2006−2008-yillarda “O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari, 2008−2010-yillarda mazkur kompaniyaga rahbarlik qilgan.

Yangi lavozimda u O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi bo‘lgan Abdurashid Jo‘raboyev o‘rnini egalladi. Sadikov bunga qadar kotibiyat rahbarining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.