2023-yil davomida O‘zbekistonda xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan 12,3 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qaytarib berildi. Yoshlar ishlari agentligi bu uchun 21,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

Imtihon xarajati pulini qaytarib olgan yoshlar:

  • IELTS — 8275 nafar;
  • TOEFL — 30 nafar;
  • GMAT — 13 nafar;
  • SAT — 960 nafar
  • Rus tili — 2864 nafar;
  • Koreys tili — 77 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, qo‘shimcha 9 ta test (xorijiy til va imtihon turlari) sinovlarining xarajatlari qoplab berilgan.

Shuningdek, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida ta’lim oluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratib beriladi.

2023-yil davomida ushbu loyiha orqali 8072 nafar yoshlarga 18,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Eslatib o‘tamiz, IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihonlaridan yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berish 2021-yilning 1-mayidan boshlangan. 2022-yildan bu ro‘yxat yana 12 taga ko‘paydi.