Qalin qor yoqqani sababli 8-fevral kuni soat 00:50 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi, deb xabar berdi FVV.

Qayd etilishicha, vazirlik rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, dovon yo‘lini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalash chorasi ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 7−8-fevral kunlari Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi mumkinligi haqida xabar bergandi.