Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi (ro‘yxat)
26 yanvar 2024, 12:51

Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi (ro‘yxat)

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Ro‘yxat.

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi
26 yanvar 2024, 12:00

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi. Undagi asosiy ustuvorliklarga dekarbonizatsiya, suvni tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish, iqtisodiy boshqaruv va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kiradi.

Toshkentda 2023-yilda jamoat avtobuslaridan 241,7 mln marta foydalanildi
26 yanvar 2024, 11:59

Toshkentda 2023-yilda jamoat avtobuslaridan 241,7 mln marta foydalanildi

Toshkent shahrida 2023-yil davomida jamoat avtobuslari kuniga o‘rtacha 662,3 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Umumiy hisobda yil davomida avtobuslardan 241,7 mln marta foydalanildi.

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
26 yanvar 2024, 11:47

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi
26 yanvar 2024, 11:24

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.

Farg‘onada 25 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi
26 yanvar 2024, 11:07

Farg‘onada 25 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Buvayda tumanida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi uchun ajratilgan 25 sotix yerni hujjatlarsiz 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘ldi
26 yanvar 2024, 10:02

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘ldi

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Toshkentda avtobuslarni tozalamagan mexaniklar jarimaga tortildi
26 yanvar 2024, 09:59

Toshkentda avtobuslarni tozalamagan mexaniklar jarimaga tortildi

Poytaxtda sanitar holati talab darajasida bo‘lmagan 80-sonli avtobuslardan biri yo‘nalishga chiqarilgani aniqlandi. Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan navbatchi mexaniklarga o‘rtacha oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shahrixon bozoridagi yong‘inni 20 ta qutqaruv brigadasi o‘chirdi
26 yanvar 2024, 09:46

Shahrixon bozoridagi yong‘inni 20 ta qutqaruv brigadasi o‘chirdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 20 ta qutqaruv brigadasi yetib kelgan, yong‘in ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Yaponiyada anime studiyasiga o‘t qo‘ygan shaxs o‘limga hukm qilindi
26 yanvar 2024, 00:08

Yaponiyada anime studiyasiga o‘t qo‘ygan shaxs o‘limga hukm qilindi

Yaponiya sudi 2019-yilda Kyoto Animation anime studiyasiga o‘t qo‘yishda ayblangan shaxsni o‘limga hukm qildi. Yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi. Voqea mamlakatdagi eng dahshatli qirg‘inlardan biriga aylangan. Sudlanuvchi studiya uning ishini o‘g‘irlagan deb hisoblagan.

1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi
25 yanvar 2024, 23:41

1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi

2024-yil 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol stavka bo‘yicha soliq solish bekor qilinadi. Sanitar tozalash narxlari qiymatiga 12 foiz QQS solinadi. Bu Toshkent shahrida 8400 so‘mni tashkil qiladi.

Afrika dunyoning terrorizm markaziga aylanib qoldi — BMT rahbari
25 yanvar 2024, 21:32

Afrika dunyoning terrorizm markaziga aylanib qoldi — BMT rahbari

Bir necha yil ichida Afrika tez kengayib borayotgan terrorizmning global markaziga aylanib qoldi, dedi BMT rahbari. U xalqaro hamjamiyatni bu “jahannamga qarshi u nazorat ostidan chiqib ketmay turib, hozir kurashishga” chaqirdi.

Toshkent va Samarqandda fuqarolarni AQSh, Kanada hamda Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
25 yanvar 2024, 20:49

Toshkent va Samarqandda fuqarolarni AQSh, Kanada hamda Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida fuqarolarni AQSh, Kanada va Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Ular xizmatlari uchun 32 ming dollargacha pul talab qilgan.

Samarqanddan Xorazmga sement qoplarida 10 kilogrammga yaqin opiy tashilgani aniqlandi (video)
25 yanvar 2024, 20:25

Samarqanddan Xorazmga sement qoplarida 10 kilogrammga yaqin opiy tashilgani aniqlandi (video)

Samarqanddan Urganchga olib borilgan sement qoplaridan 9,7 kilogramm opiy topildi. Ma’lum bo‘lishicha, giyohvandlik moddasi Tojikistondan olib o‘tilgan.

Yomg‘ir yog‘ishi bilan Toshkent shahrida havoning ifloslanishi kamaydi
25 yanvar 2024, 20:01

Yomg‘ir yog‘ishi bilan Toshkent shahrida havoning ifloslanishi kamaydi

Toshkent shahrida havoning PM2,5 zarralari bilan ifloslanganlik darajasi ertalab JSST tavsiya qilgan me’yordan 21 baravar oshib ketgandi (104,8 mkg/m3). Kunning ikkinchi yarmida boshlangan yomg‘irdan keyin havo sifati “zararli"dan “o‘rtacha” darajaga ko‘tarildi va PM2,5 ko‘rsatkichi 30 dan pastga tushdi.

Xitoyning SANY kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda
25 yanvar 2024, 19:05

Xitoyning SANY kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Prezident SANY kompaniyasining Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u CSG rahbariyati bilan energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Saudiya Arabistonida ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi
25 yanvar 2024, 17:54

Saudiya Arabistonida ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi

Saudiya Arabistonida uzoq yillardan beri ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. U yerda musulmon bo‘lmagan davlatlarning diplomatlari ichimlik sotib olishi mumkin bo‘ladi. Shu orqali rasmiylar diplomatik vakolatxonalar pochta orqali keladigan spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashmoqchi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda BYD elektromobillarini ishlab chiqarishga start berdi
25 yanvar 2024, 16:50

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda BYD elektromobillarini ishlab chiqarishga start berdi

Shavkat Mirziyoyev va BYD kompaniyasi prezidenti Van Chuanfu Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Kompaniya Shavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi.

“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida
25 yanvar 2024, 16:09

“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida

Toshkentlik qo‘shiqchi Laylo Rixsiyeva (Laylo)ning ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Home” klipi internetda tez mashhur bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan qo‘shiq qanday yaratilgani, videodagi kadrlarda nima haqda so‘z borgani, shuningdek, uning bastakor Yunus Rajabiy bilan qanday bog‘liqligi borligi to‘g‘risida gaplashdi.

Ekologlar Toshkent atrofidagi issiqxonalarda monitoring o‘tkazmoqda
25 yanvar 2024, 15:30

Ekologlar Toshkent atrofidagi issiqxonalarda monitoring o‘tkazmoqda

Ekologiya vazirligi Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda havoni ifloslantiruvchi gazlarni tozalash qurilmalari mavjudligini tekshirmoqda. Poytaxt atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yuritayotgani, ularning 60 foizi ko‘mirdan foydalanayotgani haqida avval xabar bergandik.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting