O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar futbolchisi Osiyo Kubogidagi ishtirokidan so‘ng yangi klublarga ko‘chib o‘tdi, deb xabar berdi Professional futbol ligasi (PFL) matbuot xizmati.

baa, eron, futbol, hojimat erkinov, oston o‘runov, transferlar

BAAning “Al-Vahda” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Xojimat Erkinov bilan 2025-yilgacha shartnoma imzoladi.

22 yoshli yarim himoyachi 2022-yildan buyon Rossiyaning “Torpedo” klubi a’zosi bo‘lib, o‘tgan yili ijara asosida “Paxtakor"ga qaytgandi. Endi Toshkent klubi tarbiyalanuvchisi “Al-Vahda” safida 15-raqam ostida to‘p suradi.

baa, eron, futbol, hojimat erkinov, oston o‘runov, transferlar

23 yoshli yarim himoyachi Oston O‘runov faoliyatini Eronda davom ettiradi. U mamlakatning amaldagi chempioni “Persepolis” bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

U avvalroq Namanganning “Navbahor”, Toshkentning “Lokomotiv”, Rossiyaning “Ufa”, “Spartak”, “Ural” klublarida to‘p surgan. 2023-yilning fevralida u “Navbahor"ga erkin agent sifatida qaytgan va shu yilning so‘nggigacha shartnoma imzolagandi.

2023-yilgi mavsumda u klub safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan. Shartnomasi yakunlangach esa, klubni tark etgan.

E’tiborlisi, JCH-2026 saralashi doirasida Eronga qarshi kechgan o‘yinda O‘runov gol va golli uzatma amalga oshirib, oldinroq ikki gol o‘tkazib yuborgan o‘zbekistonliklarga durang natija (2:2) qayd etish imkonini bergandi.