“Kulol va xurmacha” filmidagi roli bilan muxlislarga tanish bo‘lgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Kinoaktyor faoliyati davomida “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon”, “Kim jinni”, “Ayollar saltanati” kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etgan.

Foto: “Kulol va xurmacha” filmidan lavhaFoto: “Kulol va xurmacha” filmidan lavha

2019-yilda Abror Tursunov “Daryo” nashriga intervyu bergan. O‘shanda aktyor suhbat davomida so‘nggi uch yilda og‘ir dard bilan kurashgani haqida gapirib bergan. Jumladan, insult bo‘lgani, bo‘ynining ikki tomonidan tomir oldirgani, bular noto‘g‘ri ovqatlanish va siqilishdan kelib chiqqani haqida aytgandi.