O‘zbekiston aeroportlarida aviaspotting qonuniylashtirildi
27 yanvar 2022, 12:31

O‘zbekiston aeroportlarida aviaspotting qonuniylashtirildi

Hukumat qaroriga asosan O‘zbekiston aeroportlarida aviaspottingga rasman ruxsat berildi. «Agar ilgari aeroportdan kilometr uzoqlikda turib ham samolyotlarni suratga olish taqiqlangan bo‘lsa, endi aeroportlar eshiklarini ochib, do‘stona munosabatda bo‘ladi», — dedi Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva.

Andijon, Jizzax va Samarqandda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
27 yanvar 2022, 12:16

Andijon, Jizzax va Samarqandda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Andijondagi MCHJlardan birining rahbari 6 gektar maydonda quriladigan savdo kompleksidagi do‘konlarni o‘z kompaniyasi qurayotganligini ta’kidlab, ulardan 10 tasini sotish uchun fuqarodan 117 ming dollar so‘ragan, undan 60 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan. Samarqandda esa advokat o‘ziga ijaraga berilgan 4 gektar yerni 23 ming dollar evaziga boshqa fuqaroga sotishga uringan. DXX Jizzax va Xorazmda ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi.

Toshkentda terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlangan 30 kishi qo‘lga olindi
27 yanvar 2022, 11:40

Toshkentda terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlangan 30 kishi qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahriga turli viloyatlardan ishlash maqsadida kelgan 30 nafar fuqaro «Tavhid va jihod katibati» tashkiloti tarafdorlari sifatida gumonlanib, qo‘lga olindi.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonun yangi tahrirda qabul qilinadi
27 yanvar 2022, 11:08

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonun yangi tahrirda qabul qilinadi

2020 yildagi Sardoba fojiasi va Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan so‘ng, Qonunchilik palatasida «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda ko‘rib chiqilmoqda.

Xorazmda chiqindixonadan chaqaloq murdasi topildi
27 yanvar 2022, 10:35

Xorazmda chiqindixonadan chaqaloq murdasi topildi

Urganch shahridagi chiqindixonalardan birida qiz jinsiga mansub chaqaloqning murdasi topildi. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, u ona qornida 5,5−6 oy yashagan hamda «uning o‘limiga yetilmaganlik va hayotga layoqatsizlik sabab bo‘lgan». Qolaversa, chaqaloq qonidan homiladorlikni jarrohlik aralashuvisiz erta tugatishda qo‘llaniladigan dori vositasi qoldiqlari topilgan.

Chorshanba kuni 1100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
27 yanvar 2022, 10:21

Chorshanba kuni 1100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Chorshanba kuni koronavirusga topshirilgan test natijalari 1117 kishida musbat natijani ko‘rsatdi. 2 nafar bemor esa olamdan o‘tdi. Qolaversa, 125 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Gaz bosimi pastligi uchun issiqlik xonadonlarga yetib bormayapti
27 yanvar 2022, 10:01

Gaz bosimi pastligi uchun issiqlik xonadonlarga yetib bormayapti

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentdagi barcha qozonxonalar faoliyati tiklangani, biroq, gaz bosimi pastligi uchun qozonxonalar yetarli issiqlikni ko‘p qavatli xonadonlarga bera olmayotganini ma’lum qildi.

Shaharlararo yo‘llardagi gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlaydi
27 yanvar 2022, 09:33

Shaharlararo yo‘llardagi gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlaydi

Ertalabki 9:00 dan Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan tashqari, boshqa hududlardagi shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat viloyatlarda gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlaydi. 28 yanvardan esa butun respublikada shoxobchalar faoliyatini tiklash reja qilingan.

Koronavirusdan emas, YTHlardan juda ko‘p odamlar o‘lib ketayapti — prezident
26 yanvar 2022, 22:20

Koronavirusdan emas, YTHlardan juda ko‘p odamlar o‘lib ketayapti — prezident

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qaraganda yo‘llardagi avariyalar oqibati odamlar ko‘proq vafot etayotganini ta’kidladi. «Nimaga kuyib-pishmaymiz? Nimaga o‘lim ko‘payyapti?», — deb so‘radi u. Prezident haydovchilarni o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Darsga bormasdan guvohnomani olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?», — dedi u.

26 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 yanvar 2022, 22:00

26 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Aholi sarosimaga tushmagani uchun minnatdorchilik bildirgan Shavkat Mirziyoyev, kechgacha elektr energiya va gaz ta’minoti to‘liq tiklanishini aytgan Energetika vazirligi, pora bilan qo‘lga tushgani aytilgan mansabdorlar, «blekaut» ortidan oziq-ovqat narxi keskin oshmasligi, faoliyati cheklangan gaz «zapravkalar», hududlarda harakatdan to‘xtagan jamoat transporti va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 26 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Blekaut» sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi keskin oshib ketmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
26 yanvar 2022, 21:37

«Blekaut» sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi keskin oshib ketmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev elektr energiya va gaz ta’minotidagi uzilishlar ortidan bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetarli miqdorlarda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilgan, ular muqobil energiyaga ulangan muzlatgich va omborxonalarda saqlanmoqda. Issiqxonalar esa bir necha kun ichida tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 yanvar 2022, 20:15

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Ittifoqining Ukraina tufayli Rossiyaga valyuta konvertatsiyasi, eksport va importni cheklashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda antiterror operatsiyalar rejimining bekor qilingani, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning koronavirusga chalingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekistonliklarni Meksika orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan shaxslar ushlandi
26 yanvar 2022, 18:29

O‘zbekistonliklarni Meksika orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan shaxslar ushlandi

Samarqandda uch nafar fuqaroni 60 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan erkak qo‘lga olindi.

Dramaturg va ssenarist Sharof Boshbekov olamdan o‘tdi
26 yanvar 2022, 17:58

Dramaturg va ssenarist Sharof Boshbekov olamdan o‘tdi

Taniqli yozuvchi, dramaturg va ssenarist Sharof Boshbekov 71 yoshida olamdan o‘tdi. U «Temir xotin», «Masxaraboz», «Farhod va Shirin» kabi filmlar, «Charxpalak» videofilmining ssenariylariga mualliflik qilgan.

Gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda — «Hududgazta’minot»
26 yanvar 2022, 17:48

Gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda — «Hududgazta’minot»

«Hududgazta’minot» korxonasi Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanayotganini ma’lum qildi. Aholidan: «gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudburonlarni puxta tekshirish» so‘raldi. Elektr jihozlarini yoqishdan oldin xonada gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilish va faqat shundan keyingina elektr energiyasidan foydalanish kerakligi eslatib o‘tildi.

O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga muddati 10 yil bo‘lgan obligatsiyalarni joylashtirdi
26 yanvar 2022, 17:44

O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga muddati 10 yil bo‘lgan obligatsiyalarni joylashtirdi

O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga 10 yil muddatga 10 mlrd so‘mlik davlat obligatsiyalarini joylashtirdi. Bundan tashqari, 174,5 mlrd so‘mlik muomala davri 5 yil bo‘lgan obligatsilar ham birjaga chiqarildi.

Abdulla Azizov OKMK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
26 yanvar 2022, 17:39

Abdulla Azizov OKMK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdulla Azizov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

«Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi». Shavkat Mirziyoyev — energotizimdagi nosozliklar haqida
26 yanvar 2022, 17:31

«Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi». Shavkat Mirziyoyev — energotizimdagi nosozliklar haqida

Prezident seshanba kuni energotizimda yuzaga kelgan nosozliklarga munosabat bildirib, uzoq hududlardagi texnogen ofatlar O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasligini ta’kidladi. «Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi. Avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, barcha soha va idoralar xodimlari, OAV va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Samarqand va Namanganda avtobuslar harakati to‘xtadi, Qoraqalpog‘istonda esa ular AGTKSHlardagi navbatlarda qolib ketmoqda
26 yanvar 2022, 17:09

Samarqand va Namanganda avtobuslar harakati to‘xtadi, Qoraqalpog‘istonda esa ular AGTKSHlardagi navbatlarda qolib ketmoqda

Gaz quyish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar sabab Samarqand va Namangan viloyatlarida jamoat transporti harakati to‘xtab qoldi. Qoraqalpog‘istonda esa avtobuslar shoxobchalarda yuzaga kelgan uzun navbatlarda qolib ketmoqda.

O‘zbekistonda 2021-yilda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
26 yanvar 2022, 17:03

O‘zbekistonda 2021-yilda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilgan nisbatan 6,8 foiz yoki 19,3 trln so‘m ko‘proqni tashkil etgan. Qurilishlarning 94,8 foizi nodavlat tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting