26 yanvar holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi 1117 kishida qayd etilib, virus yuqtirib olganlarning umumiy soni 218477 nafarga yetdi.

COVID-19 25 yanvar, seshanba kuni — 1174 kishida, 24 yanvar, dushanba kuni — 1123 kishida, yakshanba kuni — 1296 kishida, shanba kuni esa maksimal darajaga yetib — 1478 kishida aniqlangandi.

Chorshanba kuni eng ko‘p kunlik holat Toshkent shahri — 451 ta, Farg‘ona — 129 ta, Toshkent viloyati — 113 ta, Qoraqalpog‘iston — 63 ta, Xorazmda — 52 ta qayd etilgandi.


Kasallikdan sog‘ayganlar jami 208018 (+1291) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1551 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 125 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.