26 yanvar sanasidan boshlab Abdulla Azizov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvi raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda kompaniyaning Telegram kanalida xabar berildi.

Bunga qadar Azizov 2020 yil iyul oyidan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Abdulla Azizov 2019 yilning sentabr oyida O‘zbekiston prezidentining qaroriga binoan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Undan oldin u Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlagan.