«Hududgazta’minot» AJ poytaxtimizda va mamlakatimizning boshqa hududlarida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanayotganligi to‘g‘risida xabar berdi.

Shu munosabat bilan «Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan uylar va xonadonlar ichidagi gaz uskunalarini, xususan gaz plitalarini, isitish va suv isitgich asboblarini hamda dudburonlarni puxta tekshirishni so‘raydi.

«Eslatib o‘tamiz, maishiy uy yoritgichlari va boshqa elektr jihozlarini yoqishdan oldin xonaga kirib, uning ichida gaz hidi (boshqa begona hidlar) yo‘qligiga ishonch hosil qilishingiz va faqat shundan keyingina elektr energiyasidan foydalanishingiz kerak», — deyiladi xabarda.

Ko‘p qavatli turar joy binolarida zamonaviy elektr asboblari va ikki konturli qozonlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasiga amal qilish zarur. Agar isitish qozoni yerto‘lada joylashgan bo‘lsa, u soz ahvolda ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.

«Hududgazta’minot» fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda o‘ta ehtiyotor bo‘lishni va «zangori» yonilg‘idan oqilona, «isrof qilmay foydalanishni» iltimos qildi.

Hisobga olish asbobi (hisoblagich) o‘chib qolgan taqdirda, barcha gaz ishlatadigan uskunalarni o‘chirib qo‘yish, so‘ng markaziy ko‘k rangli ENTER tugmasini uch marta bosib, 6 daqiqa kutib turish kerak.

Gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kechayu kunduz ishlaydigan call-markaziga (1104), avariya-dispetcherlik xizmatiga (104) hamda Facebook`dagi «Gaz ta’minoti muammolari va ularni hal qilish yollari» jamoat guruhiga murojaat qilish mumkin.