YI O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
27 fevral 2024, 12:05

YI O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

O‘zbekistonda elektron va telekommunikatsion uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mvizion kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi. O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan ham cheklovlar qo‘llangandi.

Farg‘ona viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan 4 ta mayning ferma aniqlandi
27 fevral 2024, 11:41

Farg‘ona viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan 4 ta mayning ferma aniqlandi

DXX Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 4 ta noqonuniy mayning ferma jami 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilganini aniqladi. Fermalarning biri 3 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lgan. Holatga aloqador shaxslarga nisbatan o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

1-martdan nimalar o‘zgaradi?
27 fevral 2024, 11:23

1-martdan nimalar o‘zgaradi?

Aholini havo ifloslanishidan xabardor qilish boshlanadi, chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi, yoshlar rahbarlarga biriktiriladi, “Qizlar akademiyasi” ishga tushadi, nogironligi borlarga Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoni yaratiladi — 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

Payme Business: ertasigayoq pullar hisob raqamiga tushadi
27 fevral 2024, 11:00

Payme Business: ertasigayoq pullar hisob raqamiga tushadi

Payme Business xizmati foydalanuvchilari mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishlari, shuningdek, bir ish kuni ichida bank hisob raqamiga mablag‘larini o‘tkazishlari mumkin.

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 954 mlrd so‘mni tashkil etmoqda
27 fevral 2024, 10:29

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 954 mlrd so‘mni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan debitor qarzdorligi 954 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bunda jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 767 mlrd so‘mni tashkil etsa, 186 mlrd so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qildi
27 fevral 2024, 10:14

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qildi

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha bergan arizasini ratifikatsiya qildi. Mamlakat Shvetsiyaning harbiy blokka qo‘shilishi uchun roziligi kerak bo‘lgan eng so‘nggi davlat edi. Rasmiy jarayonlar yakunlangach, Shvetsiya NATOning 32-a’zosiga aylanadi.

Sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi yong‘indan mebel sexining 5 ishchisi qutqarildi
27 fevral 2024, 07:15

Sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi yong‘indan mebel sexining 5 ishchisi qutqarildi

Toshkent shahri sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi mebel sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. U besh soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Besh kishi qutqarildi, halok bo‘lganlar yo‘q.

Prezident armiyani zamonaviy qurol va harbiy vositalar bilan ta’minlash zarurligini aytdi
26 fevral 2024, 23:55

Prezident armiyani zamonaviy qurol va harbiy vositalar bilan ta’minlash zarurligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziriga qo‘shinlar faoliyatini raqamlashtirish, Qurolli kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi
26 fevral 2024, 23:35

AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalariga cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiyaga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
26 fevral 2024, 23:23

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanganlar va aybdorlar ko‘proq bo‘lishi mumkin, alohida tergov harakatlari olib borilmoqda
26 fevral 2024, 23:21

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanganlar va aybdorlar ko‘proq bo‘lishi mumkin, alohida tergov harakatlari olib borilmoqda

“Dok-1 Maks” ishi sudiga raislik qiluvchi Muso Yusupovga ko‘ra, doridan zaharlanganlar soni aslida ko‘proq ekani yuzasidan murojaatlar bo‘lgan, bu bo‘yicha tergov o‘tkazilmoqda. Shuningdek, yana bir necha shaxs, jumladan, Farmagentlik rahbari sobiq o‘rinbosari Egamovga nisbatan tergov organiga xabarnoma yuborilgan.

Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori bo‘ldi
26 fevral 2024, 20:50

Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori bo‘ldi

Prezident qarori bilan shu paytgacha energetika vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Akmal Jumanazarov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.

Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi
26 fevral 2024, 19:00

Zelenskiy: urushning ikki yilida 31 ming Ukraina askari halok bo‘ldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli urushda 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, mamlakatning bosib olingan hududlarida yana o‘n minglab tinch aholi vafot etgan.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?
26 fevral 2024, 17:44

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?

Bolalarning “Dok-1 Maks”dan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha sud 23 nafar ayblanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning 7 nafariga ozodlikdan mahrum etish, 14 nafariga ozodlikni cheklash, 1 nafariga axloq tuzatish ishlari va 1 nafariga jarima jazosi qo‘llandi. Batafsil.

Bekobodda bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda
26 fevral 2024, 17:10

Bekobodda bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi tadbirkorlar bilan kelishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish evaziga 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Dok-1 Maks”dan vafot etgan va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir har bir bola uchun 1 mlrd so‘mdan undirib beriladi
26 fevral 2024, 16:41

“Dok-1 Maks”dan vafot etgan va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir har bir bola uchun 1 mlrd so‘mdan undirib beriladi

Sud “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi.

“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Kariyev 18 yil, Quramax direktori esa 20 yilga qamaldi
26 fevral 2024, 15:35

“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Kariyev 18 yil, Quramax direktori esa 20 yilga qamaldi

“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Avtobuslar bilan bog‘liq nosozlik va YTHlar ko‘paygani sabab 5 nafar mas’ul xodim ishdan olindi
26 fevral 2024, 15:14

Avtobuslar bilan bog‘liq nosozlik va YTHlar ko‘paygani sabab 5 nafar mas’ul xodim ishdan olindi

“Toshshahartransxizmat” avtobuslar bilan bog‘liq texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalari ko‘payotgani ortidan 5 nafar mas’ul xodimni ishdan oldi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini 70 yoshi bilan tabrikladi
26 fevral 2024, 14:58

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini 70 yoshi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anga qo‘ng‘iroq qilib, uni 70 yoshi bilan tabrikladi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev “zamonaviy Turkiyaning barpo etilishi va global maydondagi nufuzi yuksalishida” uning o‘rni yuqoriligini ta’kidladi.

Yakshanba kuni elektr energiyasiga kiritilgan cheklovlar oshdi — Energetika vazirligi
26 fevral 2024, 13:00

Yakshanba kuni elektr energiyasiga kiritilgan cheklovlar oshdi — Energetika vazirligi

25-fevralda O‘zbekistonda kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi. Vazirlik xabariga ko‘ra, elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar ko‘lami kengaytirildi. “O‘zbekneftgaz” dam olish kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalariga qo‘shimcha 1000 tonna benzin yetkazib berganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting