Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘nlab o‘smirlarni «profilaktik suhbat» uchun olib ketdi
6 mart 2023, 13:20

Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘nlab o‘smirlarni «profilaktik suhbat» uchun olib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda o‘nlab o‘smirlarning hibsga olingani muhokama qilinmoqda. Ular IIBga «profilaktik suhbat uchun» olib ketilgan. Huquq-tartibot idoralarining aytishicha, Forumlar saroyi yaqinida «Ryodan» tarafdorlarining chaqiruvlari sabab 50 nafar o‘smir yig‘ilgan.

Avtomaktab o‘qituvchilari IIV akademiyasida malaka oshiradi
6 mart 2023, 13:07

Avtomaktab o‘qituvchilari IIV akademiyasida malaka oshiradi

Endilikda avtomaktab o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilari har 3 yilda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi. Haydovchi-yo‘riqchilar uchun malaka oshirish kursi 1 mln 350 ming so‘m, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi 1,2 mln so‘m, malaka oshirish kursi esa 2,1 mln so‘m bo‘ladi.

Foto: IIV marafoni O‘zbekistonda ko‘chalar qanchalik xavfli ekanini ko‘rsatdi
6 mart 2023, 12:27

Foto: IIV marafoni O‘zbekistonda ko‘chalar qanchalik xavfli ekanini ko‘rsatdi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti O‘zbekiston bo‘ylab «Xavfsiz hayot uchun» velo va piyoda yurish marafonini o‘tkazdi. Ishtirokchilar «Xavfsiz yo‘llar tarafdorimiz», «Umr tezlikdan muhim», «Yo‘llarda bolalarni asrang», «Stop bezorilik», «Korrupsiyaga qarshimiz» kabi plakatlarni ko‘tarib chiqdi.

Bayram kuni yomg‘irli havo bo‘ladi, hafta esa issiq bo‘lishi kutilmoqda
6 mart 2023, 12:10

Bayram kuni yomg‘irli havo bo‘ladi, hafta esa issiq bo‘lishi kutilmoqda

7 martdan Turkmanistondan quruq va juda iliq havo kirib keladi. Kunduzi harorat +28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +30 darajagacha ko‘tariladi. Biroq 8 va 10 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Karlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 14 ta medal oldi
6 mart 2023, 11:22

Karlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 14 ta medal oldi

Qirg‘izistonda ilk bor o‘tayotgan qarlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekistondan faqat taekvondochilar ishtirok etdi. Ular musobaqada 14 ta medal — 3 ta oltin, 2 ta kumush, 9 ta bronza jamg‘ardi.

Samarqanddagi yopilayotgan kutubxona kitoblari makulaturaga topshirilmaydi, xodimlar ish o‘rni ham saqlab qolinadi
6 mart 2023, 11:21

Samarqanddagi yopilayotgan kutubxona kitoblari makulaturaga topshirilmaydi, xodimlar ish o‘rni ham saqlab qolinadi

Bulung‘ur tumanidagi 74 yillik kutubxona yopilib, bino auksionda sotib yuborilgani va xodimlar ishsiz qolgani haqida xabar tarqalgandi. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti bino eskirgani uchun yopilishi, kitoblar makulaturaga topshirilmasligi va xodimlar ishsiz qolmasligini bildirdi.

Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi
6 mart 2023, 11:18

Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi

Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytdi. Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Toshkent va Samarqandda umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
6 mart 2023, 11:04

Toshkent va Samarqandda umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi, Toshkent, Buxoro hamda Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 200 MVt bo‘lgan uchta energiya saqlash tizimlari quriladi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana ko‘tarildi
6 mart 2023, 10:09

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana ko‘tarildi

Tijorat banklari 6 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 365 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 380 — 11 430 so‘m.

Bloger Farhod Mannopovning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
6 mart 2023, 09:42

Bloger Farhod Mannopovning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bloger Farhod Mannopov (MittiVine)ning vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirini ikkinchi o‘rinda yakunladi
6 mart 2023, 09:26

O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirini ikkinchi o‘rinda yakunladi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirini O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Qashqadaryoda choyxonada o‘tirgan IIO xodimini tasvirga olgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi
5 mart 2023, 17:21

Qashqadaryoda choyxonada o‘tirgan IIO xodimini tasvirga olgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi

Shahrisabzda dam olish kuni choyxonada o‘tirgan IIO xodimi yoniga kelib, uni ruxsatsiz tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan 5 nafar erkak 15 sutkaga qamaldi.

Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha shifokorlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi
5 mart 2023, 15:50

Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha shifokorlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha shifokorlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va shifokorlar qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Sirdaryo viloyatida erkak kollej hududida xotini va o‘zini pichoqlab o‘ldirdi
5 mart 2023, 12:53

Sirdaryo viloyatida erkak kollej hududida xotini va o‘zini pichoqlab o‘ldirdi

Yangiyer shahrida erkak kollej hovlisida o‘zi va xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda hokimlik binosi oldiga mol haydab borgan fuqaro yetti sutkaga qamaldi
5 mart 2023, 12:51

Qashqadaryoda hokimlik binosi oldiga mol haydab borgan fuqaro yetti sutkaga qamaldi

G‘uzor tumanida fuqaro akasi tergovga jalb qilinganiga norozilik sifatida chorva mollarini tuman hokimligi binosi oldiga haydab bordi. Sud qarori bilan u 7 sutkaga qamaldi.

Jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi
5 mart 2023, 12:44

Jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi

“Nuroniy” gazetasi bosh muharriri, jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda Cho‘lpon ko‘chasi bilan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasini bog‘lovchi yo‘l bir oyga yopildi
5 mart 2023, 10:35

Toshkentda Cho‘lpon ko‘chasi bilan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasini bog‘lovchi yo‘l bir oyga yopildi

Toshkentdagi Cho‘lpon ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l 4 aprelga qadar yopildi. Bu vaqtda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Qoraqalpog‘istonda mahalla raisi 31 mln so‘mlik bir martalik yordam pullarini asossiz to‘lashda gumonlanmoqda
5 mart 2023, 10:26

Qoraqalpog‘istonda mahalla raisi 31 mln so‘mlik bir martalik yordam pullarini asossiz to‘lashda gumonlanmoqda

Taxiatosh tumanidagi mahallardan birining raisi 31 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Uning bir martalik moddiy yordam pullarini asossiz to‘lagani aniqlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.

MittiVine asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi
5 mart 2023, 08:48

MittiVine asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi

MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli vayner va bloger Farhod Mannopov 27 yoshda vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u basseynda suzish jarayonida boshidan jarohat olib, so‘ng operatsiya qilingan, ammo operatsiyada komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan

Samarqanddagi maktabda bolalarga siniq doskada dars o‘tildi
4 mart 2023, 22:10

Samarqanddagi maktabda bolalarga siniq doskada dars o‘tildi

Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda bolalarga ta’mirtalab xonada yaroqsiz doskada dars o‘tildi. Samarqand XTB doska yangisiga almashtirilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting