5 mart kuni O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan mamlakat bo‘ylab «Xavfsiz hayot uchun» velo va piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari nur qaytaruvchi jiletlar kiyib, asosan yo‘l harakati xavfsizligiga oid «Xavfsiz yo‘llar tarafdorimiz», «Umr tezlikdan muhimdir», «Yo‘llarda bolalarni asrang» kabi plakatlarni ko‘tardi. Shuningdek, ular orasida «Zo‘ravonlikka qarshimiz», «Korrupsiyaga qarshimiz» va «Stop bezorilik» plakatlari ham bor edi.

Ayrim hududlarda esa YTHda shikastlangan avtomobillarni olib ketayotgan an’anaviy «targ‘ibot avtokarvoni» tashkil etildi.

Marafon oldidan internetda piyodalar nur qaytaruvchi sariq jiletlarni kiyishi zarurligi bo‘yicha muhokamalar bo‘ldi. «Gazeta.uz» bilan gaplashgan ekspertlarning ta’kidlashicha, xavfsizlik Vision Zero tamoyillarini amalga oshirish, ya’ni yo‘l-transport hodisalari, jumladan, piyodalar bilan YTHlar ehtimolini kamaytiradigan ko‘chalarni to‘g‘ri loyihalash orqali ta’minlanishi kerak.

Hatto Toshkent shahrining aksar markaziy qismlarida ham piyodalar o‘tish joylarida svetoforlar yo‘q yoki ishlamayapti, yo‘l belgilari yetishmaydi, piyodalar o‘tish joylari noto‘g‘ri tashkil etilgan.

Foto

иив жамоат xavfsizligi departamenti, марафон

иив жамоат xavfsizligi departamenti, марафон

иив жамоат xavfsizligi departamenti, марафон

иив жамоат xavfsizligi departamenti, марафон

иив жамоат xavfsizligi departamenti, марафон

иив жамоат xavfsizligi departamenti, марафониив жамоат xavfsizligi departamenti, марафониив жамоат xavfsizligi departamenti, марафон
иив жамоат xavfsizligi departamenti, марафон