“Nuroniy” gazetasi bosh muharriri Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Jurnalistlar uyushmasi matbuot xizmati.

Jurnalist o‘limga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shuhrat Dehqonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, turli jamoat tashkilotlarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Muhriddin Xoliqovning bir qancha mashhur qo‘shiqlari, jumladan, “Pariro‘y sanamlar” she’ri muallifi bo‘lgan.