6 mart kuni Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytib keldi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Toshkent xalqaro aeroportida ularni ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari, mudofaa vazirining o‘rinbosari va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan 8 fevral kuni jo‘nab ketgan harbiy xizmatchilaridan iborat tibbiy otryad jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan. Ulardan 1795 nafari erkaklar, 1177 nafari ayollar va 888 nafarini esa bolalar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni tongda 18 nafar tirik insonni qutqargan va 200 ga yaqin jasadni olib chiqqan FVV qutqaruvchilari Toshkentga qaytgandi. Aeroportda ular «Gazeta.uz» bilan suhbatda ko‘rgan-kechirganlari va qutqaruv ishlari haqida so‘zlab bergandi.