Toshkent shahridagi “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri nihoyasiga yetdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dunyoning 49 mamlakatidan ishtirok etgan 360 dan ortiq sportchilar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin esa Avstriya mamlakati dzyudochilariga nasib etdi.

dzyudo, katta dubulg‘a

Xususan, o‘zbekkistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Oltin medal:

  • -73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev;
  • -90 kg: Davlat Bobonov;
  • +100 kg: Alisher Yusupov.

Kumush medal:

  • -66 kg: Sardor Nurillayev.

Bronza medal:

  • -60 kg: Doston Ro‘ziyev;
  • -66 kg: Muhriddin Tilovov;
  • -81 kg: Muso Sobirov;
  • -70 kg: Gulnoza Matniyazova.

Ta’kidlanishicha, bu “Katta dubulg‘a” turnirlarida medallar soni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida 7 nafar bo‘lib qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgandi.