Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi maktablarning birida bolalarga siniq doskada dars o‘tilayotgani aks etgan surat tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, holat tumanning «Cho‘yantepa» MFY Mo‘g‘il qishlog‘idagi 13-maktabda sodir bo‘lgan. 13-umumta’lim maktabining 3 ta binosi mavjud bo‘lib, 1- bino 1972 yilda qurilgan (ayni paytda omborxona sifatida foydalanadi), 2- bino 2005 yilda hashar yo‘li bilan (420 o‘rinli) qurilgan, 3- bino esa 2018 yilda investitsiya dasturi doirasida barpo etilgan (420 o‘ringa ega 14 ta o‘quv xonalari mavjud).

Maktab 2021 yilda joriy ta’mirdan chiqqan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda surati tarqalgan doska darz ketgan surati maktabning fizika fani o‘qituvchisi tomonidan 3 mart kuni muammoni bartaraf etish maqsadida maktab o‘qituvchilari guruhiga yuborilgan.

самарқанд, yaroqsiz doska

самарқанд, yaroqsiz doska

«Ayni damda maktabdagi yaroqsiz doska yangisiga almashtirilgan», — deyiladi xabarda.