BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi
7 mart 2023, 12:02

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi

Kelasi hafta O‘zbekistonga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk tashrif buyuradi. Uning qator davlat organlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz tranziti hajmini oshirishi mumkin
7 mart 2023, 11:57

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz tranziti hajmini oshirishi mumkin

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini yiliga 20 milliard kub metrgacha oshirishi mumkin.

O‘zbekistonda 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayohat amalga oshirildi
7 mart 2023, 11:45

O‘zbekistonda 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayohat amalga oshirildi

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi. Bu 2021 yilga qaraganda 1,9 barobar ko‘p.

Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi
7 mart 2023, 11:26

Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Shamsiddin Sultonov Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi
7 mart 2023, 10:24

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Shuningdek, 28 nafar ayol-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
7 mart 2023, 10:09

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyi oxiridan Moskvadan Toshkent va Samarqandga charter reyslarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Banklarda dollar kursi arzonladi
7 mart 2023, 10:02

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 7 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 340 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 — 11 405 so‘m.

Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
7 mart 2023, 09:59

Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida 70 metr kub tuproq-loy ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Samarqandda sobiq ichki ishlar xodimi ushlandi
7 mart 2023, 09:48

Samarqandda sobiq ichki ishlar xodimi ushlandi

Samarqand shahrida sobiq ichki ishlar xodimi fuqarodan ishini hal qilib berish evaziga 5000 dollar olishda gumonlanib ushlandi. Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Yanina Kuskova Xorvatiyada o‘tkazilgan velomusobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
6 mart 2023, 22:59

Yanina Kuskova Xorvatiyada o‘tkazilgan velomusobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik velopoygachi ayol Yanina Kuskova Xorvatiyada o‘tkazilgan Porec Trophy Ladies turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Olga Zabelinskaya esa sakkizinchi natijani qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar
6 mart 2023, 22:29

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

6 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 mart 2023, 22:00

6 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bloger Farhod Mannopovning vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari, O‘zbekistonda ko‘chalar qanchalik xavfli ekanini ko‘rsatgan IIV marafoni, Turkiyadan qaytgan mudofaa vazirligining tibbiy otryadi, isitish mavsumi yakunlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«OAV vakillariga hech kim „uni yozma, buni yoz“ deyayotgani yo‘q» — Jurnalistlar uyushmasi senzura bo‘yicha murojaatnoma haqida
6 mart 2023, 20:08

«OAV vakillariga hech kim „uni yozma, buni yoz“ deyayotgani yo‘q» — Jurnalistlar uyushmasi senzura bo‘yicha murojaatnoma haqida

Jurnalistlar uyushmasi jurnalistlar va jamoatchilik vakillarining senzura haqidagi murojaatiga izoh berar ekan, «hech bir tahririyat va mustaqil jurnalistlarga, blogerlarga bosim o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lmadik», deya ta’kidladi. Aksincha, so‘z erkinligini suiiste’mol qilish holatlari haqida xabar berdi.

Bosh qomusga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi
6 mart 2023, 19:33

Bosh qomusga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev deputat va senatorlar, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan aholi tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi. Bosh qomus loyihasi Konstitutsion sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Baxtiyor Rahmonov Ortiqxo‘jayevning Yashnobod hokimiga bergan hayfsanini bekor qildi
6 mart 2023, 18:06

Baxtiyor Rahmonov Ortiqxo‘jayevning Yashnobod hokimiga bergan hayfsanini bekor qildi

Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayevning Yashnobod hokimi Baxtiyor Rahmonqulovga hayfsan berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

10 martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi
6 mart 2023, 18:01

10 martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi

O‘rtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori bo‘layotgani sababli 10 martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.

Samarqandda fuqarolarni qo‘rqitib, pul undirishda ayblangan ayol va sportchilar ushlandi
6 mart 2023, 16:49

Samarqandda fuqarolarni qo‘rqitib, pul undirishda ayblangan ayol va sportchilar ushlandi

Jomboy tumanida fuqarolarni qo‘rqitib, yalang‘och holatda tasvirga tushirish va ulardan pul undirish bilan shug‘ullangani aytilgan ayol va sportchilar ushlandi. Samarqand IIB ular bir yigitni shantaj qilib, 1500 dollar olayotganda qo‘lga tushganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
6 mart 2023, 15:57

O‘zbekistonda 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hukumat farmoyishi bilan O‘zbekistonda 11 mart, shanba kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tuvchi belgilarni sanadi. Ular orasida O‘zbekiston orqali tovarlar yetkazish ham bor
6 mart 2023, 15:39

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tuvchi belgilarni sanadi. Ular orasida O‘zbekiston orqali tovarlar yetkazish ham bor

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishda tavsiyalar berib, shubhali o‘tkazmalarga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Tovarlarni qator davlatlar, xususan, O‘zbekiston orqali yetkazish, xaridorning mahsulotdan yakuniy foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim qilmasligi va boshqalar sanab o‘tilgan.

Elnur Abduraimov meksikalik bokschiga qarshi jangda jarohat sabab muddatidan avval mag‘lub bo‘ldi
6 mart 2023, 15:28

Elnur Abduraimov meksikalik bokschiga qarshi jangda jarohat sabab muddatidan avval mag‘lub bo‘ldi

Meksikada o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik Elnur Abduraimovning mezbon bokschiga qarshi jangi olgan jarohati sabab muddatidan avval tugatildi. Bu uning professional boksdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting