2022 yil davomida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 11 million 435 mingta ichki sayyohat amalga oshirildi, deb xabar qildi Madaniyat va turizm vazirligi.

Bundan

  • 700,1 mingta mehnat jamoalari sayohati;
  • 37,9 mingta «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar sayohati;
  • 1,4 mingta notinch oilalar (notinch va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Oilaviy sayohat» turistik paketlari joriy etilgan) sayohati;
  • 588,3 mingta yoshlar hamda nuroniylar sayohati;
  • 10 mln 107,4 mingta mahalliy aholi sayohati o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 1,9 barobar ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 sentabrdan ichki sayohat xarajatlarining bir qismi keshbek sifatida qaytarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tizimga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Sayohat qil va keshbek ishla» shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.

Ushbu havola orqali, shuningdek, mahalliy turistlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari uchun keshbekni qanday olishi mumkinligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishish mumkin.