Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘nlab o‘smirlarni «profilaktik suhbat» uchun olib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda o‘nlab o‘smirlarning hibsga olingani muhokama qilinmoqda. Ular IIBga «profilaktik suhbat uchun» olib ketilgan. Huquq-tartibot idoralarining aytishicha, Forumlar saroyi yaqinida «Ryodan» tarafdorlarining chaqiruvlari sabab 50 nafar o‘smir yig‘ilgan.

Bloger Farhod Mannopovning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bloger Farhod Mannopov (MittiVine)ning vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hukumat farmoyishi bilan O‘zbekistonda 11 mart, shanba kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Bayram kuni yomg‘irli havo bo‘ladi, hafta esa issiq bo‘lishi kutilmoqda

7 martdan Turkmanistondan quruq va juda iliq havo kirib keladi. Kunduzi harorat +28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +30 darajagacha ko‘tariladi. Biroq 8 va 10 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

10 martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi

O‘rtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori bo‘layotgani sababli 10 martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.

Avtomaktab o‘qituvchilari IIV akademiyasida malaka oshiradi

Endilikda avtomaktab o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilari har 3 yilda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi. Haydovchi-yo‘riqchilar uchun malaka oshirish kursi 1 mln 350 ming so‘m, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi 1,2 mln so‘m, malaka oshirish kursi esa 2,1 mln so‘m bo‘ladi.

Foto: IIV marafoni O‘zbekistonda ko‘chalar qanchalik xavfli ekanini ko‘rsatdi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti O‘zbekiston bo‘ylab «Xavfsiz hayot uchun» velo va piyoda yurish marafonini o‘tkazdi. Ishtirokchilar «Xavfsiz yo‘llar tarafdorimiz», «Umr tezlikdan muhim», «Yo‘llarda bolalarni asrang», «Stop bezorilik», «Korrupsiyaga qarshimiz» kabi plakatlarni ko‘tarib chiqdi.

Samarqanddagi yopilayotgan kutubxona kitoblari makulaturaga topshirilmaydi, xodimlar ish o‘rni ham saqlab qolinadi

Bulung‘ur tumanidagi 74 yillik kutubxona yopilib, bino auksionda sotib yuborilgani va xodimlar ishsiz qolgani haqida xabar tarqalgandi. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti bino eskirgani uchun yopilishi, kitoblar makulaturaga topshirilmasligi va xodimlar ishsiz qolmasligini bildirdi.

Samarqandda fuqarolarni qo‘rqitib, pul undirishda ayblangan ayol va sportchilar ushlandi

Jomboy tumanida fuqarolarni qo‘rqitib, yalang‘och holatda tasvirga tushirish va ulardan pul undirish bilan shug‘ullangani aytilgan ayol va sportchilar ushlandi. Samarqand IIB ular bir yigitni shantaj qilib, 1500 dollar olayotganda qo‘lga tushganini ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligining tibbiy otryadi Turkiyadan qaytdi

Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytdi. Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirini ikkinchi o‘rinda yakunladi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirini O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Karlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 14 ta medal oldi

Qirg‘izistonda ilk bor o‘tayotgan qarlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekistondan faqat taekvondochilar ishtirok etdi. Ular musobaqada 14 ta medal — 3 ta oltin, 2 ta kumush, 9 ta bronza jamg‘ardi.

Elnur Abduraimov meksikalik bokschiga qarshi jangda jarohat sabab muddatidan avval mag‘lub bo‘ldi

Meksikada o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik Elnur Abduraimovning mezbon bokschiga qarshi jangi olgan jarohati sabab muddatidan avval tugatildi. Bu uning professional boksdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tuvchi belgilarni sanadi. Ular orasida O‘zbekiston orqali tovarlar yetkazish ham bor

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishda tavsiyalar berib, shubhali o‘tkazmalarga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Tovarlarni qator davlatlar, xususan, O‘zbekiston orqali yetkazish, xaridorning mahsulotdan yakuniy foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim qilmasligi va boshqalar sanab o‘tilgan.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Nima o‘qiymiz? Behzod Hoshimov tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.