O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov 5 mart, yakshanba kuni Meksikaning Tixuana shahridagi Auditorio Municipal Fausto Gutiérrez Moreno`da o‘tgan professional boks oqshomida Anxel Daniel Garsiyaga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Professional boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, bunga uning olgan jarohati sabab bo‘lgan.

«Mezbon sportchiga qarshi 10 raundga mo‘ljallangan jang 7-raundda to‘xtatildi. Abduraimovning murabbiylari jangni davom ettirmaslikni ma’lum qilishdi. Bunga Abduraimovning ikkinchi raundda qo‘lidan olgan jarohati sabab bo‘lgan», — deyiladi federatsiya xabarida.

Bu 28 yoshli Elnur uchun professional boksdagi dastlabki mag‘lubiyat bo‘ldi. Bungacha u 10 ta jangning barchasida g‘alaba qozongandi (9 ta nokaut). Meksikalik Anxel Molina esa 15-jangida 15-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va IBF North American kamari egasiga aylandi.

ўзбекистон professional boks federatsiyasi, элнuр абдuраимов

Bokschi Isroil Madrimovning Instagram`ga joylagan fotosi. Foto: O‘zbekiston professional boks federatsiyasi