13−15 mart kunlari BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk O‘zbekistonda bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tashrif davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirmoqda.

Shuningdek, BMT vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ham boradi.

Ma’lumot uchun, Folker Tyurk 2022 yilning oktabr oyidan beri BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari lavozimida ishlab kelmoqda.