Samarqand viloyati Jomboy tumanida fuqarolarni qo‘rqitib, ulardan pul undirish bilan shug‘ullanib kelgani aytilgan guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 22 yoshli yigit viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Jomboy tumanida yashovchi 25−30 yoshlardagi ayol fuqarolarning ishonchiga kirib, shahvoniy uydirmalar uyushtirib, 2−3 nafar sportchi yigitlardan iborat jinoiy guruh tuzgani haqida ma’lumot bergan.

Shuningdek, fuqarolarni qo‘rqitish orqali yalang‘och holatdagi tasvirlarga tushirgani, ulardan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilayotganini bildirgan. Mazkur guruh ushbu yigitni shantaj qilib, undan yozgan «Tilxati», haydovchilik guvohnomasi va avtomashinasi texpasportini qaytarib olishi evaziga 1500 dollar pul so‘raganini ma’lum qilgan.

Arizaga asosan viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi. Jarayonda ayol hamda uning sheriklari bu yigitdan 1500 dollar evaziga uning qarzdorlik «Tilxati», haydovchilik guvohnomasi va texpasportini qaytarib berayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

самарқанд, shantaj

«Ayolning jinoiy sheriklari milliy kurash, qo‘l jangi, boks, muay-tay va boshqa turlari bilan shug‘ullangan sportchilar bo‘lib, ular bundan tashqari ham juda ko‘p jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlandi. Ular bir nechta jinoiy qilmishlarni tashkil etuvchi hamda zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi holatlarni, jumladan, tuhmat qilish, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish, tovlamachilik, talonchilik hamda hujjatlarni egallash kabi qator jinoyatlarni sodir etgan», — deyiladi xabarda.

самарқанд, shantaj

самарқанд, shantaj

Bu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.