O‘zbekistonlik velopoygachi ayol Yanina Kuskova Xorvatiyada o‘tkazilgan Porec Trophy Ladies turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Sportchi 116 km masofalik musobaqada raqiblaridan oldinga o‘tib olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, u Parij-2024 Olimpiadasi sari 40 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Natijalar:

  • Yanina Kuskova (O‘zbekiston) — 3:05:18;
  • Lara Jillespiye (Irlandiya) — 3:05:19;
  • Urska Pintar (Sloveniya) — 3:05:19.

Yana bir o‘zbekistonlik velosportchi Olga Zabelinskaya ushbu musobaqada sakkizinchi natijani ko‘rsatib, 3 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.