Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga Shamsiddin Sultonov direktor etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Yuz.uz”.

Tayinlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amalga oshirildi. Bunga qadar markazni vaqtincha Sherzod Rajametov boshqargan. Undan avvalgi rahbar Baxtiyor Kamalov esa 2023 yil 31 yanvarda suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.