4 mart kuni qabul qilingan hukumat farmoyishiga asosan butun O‘zbekiston bo‘ylab 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

U «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 11 mart (shanba) dam olish kuni 20 mart (dushanba)ga ko‘chirilgan, ya’ni kelayotgan shanba ish kuni hisoblanadi.