Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulovga hayfsan berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

Intizomiy jazosi chorasiga oid qarori 2022 yil 4 noyabrda imzolangandi.

Baxtiyor Rahmonov esa 28 fevral kuni Mehnat kodeksining 183-moddasiga asosan ushbu intizomiy jazoni bekor qildi. Ushbu moddaga asosan intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.