Mudofaa vazirligi ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi
9 aprel 2024, 14:03

Mudofaa vazirligi ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi

Mudofaa vazirligi birinchi marta O‘zbekiston mudofaa sanoatining “Texnofest-2024” ko‘rgazmasini o‘tkazadi, unda ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) mahsulotlar namoyish etiladi. Tadbir 2, 3 va 4-may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Ramazon hayiti namozi vaqtida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi
9 aprel 2024, 13:09

Ramazon hayiti namozi vaqtida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi

Toshkent shahrida 10-aprel kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi.

Toshkentga yuk mashinalarining kirishi va harakati bir kunga taqiqlanadi
9 aprel 2024, 11:43

Toshkentga yuk mashinalarining kirishi va harakati bir kunga taqiqlanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan 9-aprel soat 17:00 dan boshlab Toshkent shahriga yuk avtomobillarining kirishi va harakati 24 soatga butunlay taqiqlanadi.

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
9 aprel 2024, 11:03

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda metroda ayolning belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi
9 aprel 2024, 10:35

Toshkentda metroda ayolning belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda metro vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning beli va belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi.

12−15-aprel kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
9 aprel 2024, 09:53

12−15-aprel kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 12−15-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari sodir bo‘lishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi
9 aprel 2024, 04:16

Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi

Namanganning Chortoq tumanida shifoxonaning hushyorlantirish bo‘limiga yotqizilgan erkak temir panjaraga o‘zini osib, vafot etdi. U bir kun avval turmush o‘rtog‘ining chaqiruviga asosan mastligi sababli IIB xodimi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Holat nazoratga olindi, deb yozdi ombudsman matbuot xizmati.

Prezident Jizzaxdagi Kibersport arenasiga bordi (foto, video)
9 aprel 2024, 03:42

Prezident Jizzaxdagi Kibersport arenasiga bordi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilgan Kibersport arenasi bilan tanishdi. Prezident u yerda kibersport, shaxmat, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, basketbol musobaqalarini kuzatib, yoshlar bilan suhbatlashdi. “Biz belgilab olgan strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”, — dedi u.

Rossiyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
9 aprel 2024, 02:53

Rossiyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Samara viloyatida ichida 66 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi “vaziyat alohida nazorat ostida” ekanini bildirdi.

Isroil G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi
9 aprel 2024, 02:31

Isroil G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarni olib chiqib ketayotganini e’lon qildi, u yerda faqat bitta brigada qoldi. Isroil rasmiylari hamon Rafahda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish niyatida.

Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent jamoat transporti bepul ishlaydi
8 aprel 2024, 22:45

Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent jamoat transporti bepul ishlaydi

Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent shahri jamoat transporti bepul ishlaydi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida esa JTni bepul qilish tavsiya etiladi.

Qozog‘istonda suv toshqinlari tufayli 75 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
8 aprel 2024, 22:03

Qozog‘istonda suv toshqinlari tufayli 75 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda 76 mingdan ortiq odam xavfli suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qilindi, mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev ushbu toshqinlarni so‘nggi 80 yildagi eng dahshatli ofat deb atadi.

Toshkentda “Paxtakor” stadioni yonidagi avtoturargoh o‘rnida biznes markazi quriladi
8 aprel 2024, 21:42

Toshkentda “Paxtakor” stadioni yonidagi avtoturargoh o‘rnida biznes markazi quriladi

Rossiyaning “Stroyproyekt” kompaniyasi Toshkentda 10 million dollarga biznes markazi quradi. U Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi va “Paxtakor” stadioni o‘rtasidagi avtoturargoh o‘rnida joylashadi. Savdo-sanoat palatasi qurilish vaqtida birorta daraxtga zarar yetkazilmasligiga ishontirdi.

Prezident Jizzaxda sanoat zonasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshladi
8 aprel 2024, 20:34

Prezident Jizzaxda sanoat zonasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida metallurgiyaga ixtisoslashgan sanoat zonasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlashda ishtirok etdi.

Prezident 426 nafar shaxs, jumladan, 11 nafar xorijlikni afv etdi
8 aprel 2024, 20:01

Prezident 426 nafar shaxs, jumladan, 11 nafar xorijlikni afv etdi

Prezident Ramazon hayiti arafasida 426 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ulardan 135 nafari asosiy jazodan to‘liq, 200 nafari shartli ozod etildi. Afv etilganlar orasida 11 nafar xorijlik va 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar bor.

Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
8 aprel 2024, 19:58

Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi 10-aprel, chorshanba Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi.

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi
8 aprel 2024, 19:39

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi

9−15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Prezident ADM Jizzakh avtomobil zavodida mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi
8 aprel 2024, 18:46

Prezident ADM Jizzakh avtomobil zavodida mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh avtomobil zavodida bo‘lib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilishi boshlangan yangi Kia Sonet avtomobili bilan ham tanishdi.

Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi
8 aprel 2024, 17:17

Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi

25−30-aprel kunlari Xiva shahrida ikkinchi marotaba “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, hozirgacha 18 ta davlatdan raqs guruhlari festivalda qatnashish istagini bildirgan. G‘oliblar diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi
8 aprel 2024, 16:23

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting