O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor “Texnofest-2024” mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi. Tadbir 2, 3 va 4-may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘i majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot korxonasi istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, “Texnofest-2024” doirasida ishtirokchilar o‘rtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi. G‘oliblar Mudofaa vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlanadi.

Mudofaa vazirligi Toshkent shahri aholisi va mehmonlarini “Texnofest-2024” ko‘rgazmasiga tashrif buyurishga taklif qildi.

Ko‘rgazmada eksponent sifatida ishtirok etish istagida bo‘lganlar Mudofaa sanoati agentligining 71−212−71−79 va 90−954−87−95 telefon raqamlari hamda Telegram orqali bog‘lanishlari mumkin.

Video