Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan 10-aprel soat 00:00 dan 7:30 gacha ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda harakat cheklanadi, deya xabar qildi poytaxt IIBB.

Ro‘yxat

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • “To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li-Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani:

  • “Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi — Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

  • “Islomobod” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi — Qorasaroy-Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi — Nurafshon-Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon-Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi — Al Xorazmiy — Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy — Katta qani chorrahasigacha;
  • “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi — Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor — Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi — Al-Xorazmiy — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan — So‘galli ota ko‘chasigacha;
  • “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

  • “Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi — Lutfiy-Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy — Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi — KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY-Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi — Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • “Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi — KXAY — Qushbegi chorrahasidan KXAY — Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li — Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li — Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi — Imom Buxoriy — Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon-Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

  • “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi — Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi;
  • Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Boshqarma haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.