10-aprel, Ramazon hayiti bayrami kuni Toshkent shahrida jamoat transporti — metro va avtobuslar soat 4:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, hukumat O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoat transporti korxonalariga ham yo‘lkirani bepul qilishni tavsiya qildi.

Avvalroq Toshkentda shu kuni metro va avtobuslar harakatni soat 4:00 dan boshlashi xabar qilingandi.

Yangilik yangilandi. Xabarning ilk versiyasida yo‘lkira O‘zbekistonning barcha hududlarida bepul bo‘lishi aytilgan edi.