Jizzaxda o‘g‘li va xotinini o‘ldirib, yoqib yuborgan 23 yoshli buxorolik yigit umrbodga qamaldi
11 may 2023, 20:59

Jizzaxda o‘g‘li va xotinini o‘ldirib, yoqib yuborgan 23 yoshli buxorolik yigit umrbodga qamaldi

2022-yilning noyabr oyida Jizzax viloyati hududida o‘g‘li va xotinini o‘ldirib, yoqib yuborgan 23 yoshli buxorolik yigit umrbod ozodlikdan mahrum etildi.

Surxondaryoda xavfli burilishda qayrila olmagan Gentra jarlikka quladi
11 may 2023, 20:24

Surxondaryoda xavfli burilishda qayrila olmagan Gentra jarlikka quladi

Uzun tumanida Gentra avtomashinasi jarlikka qulashi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Holatga haydovchining tog‘li yo‘llarda xavfli burilishlarga e’tibor bermay harakatlangani sabab bo‘lgan.

Prezident benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi
11 may 2023, 19:31

Prezident benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident mas’ullarga O‘zbekistonda benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish vazifasini qo‘ydi. Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratiladi. Davlat rahbari, shuningdek, yil oxirigacha elektromobillar uchun 900 ta quvvatlagich o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini e’lon qildi
11 may 2023, 18:36

Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini e’lon qildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Xamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. U bu lavozimda dekabr oyidan buyon faoliyat yuritadi.

“Davolanish. Ta’lim. Uy-joy ta’miri”. O‘zbekistonliklar ko‘proq nimaga pul sarflaydi?
11 may 2023, 18:11

“Davolanish. Ta’lim. Uy-joy ta’miri”. O‘zbekistonliklar ko‘proq nimaga pul sarflaydi?

Markaziy bank 2023-yilning I choragi bo‘yicha Aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. O‘rganish respondentlarning ta’lim, uy-joy ta’miri, davolanishga ko‘proq mablag‘ sarflaganini ko‘rsatdi. Kredit oluvchilar biroz kamaygan, maishiy xizmat sohasidagilarning daromadlari bo‘yicha kutilmalar yaxshilangan.

Osiyo Kubogi-2023: O‘zbekiston “B” guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydi
11 may 2023, 18:02

Osiyo Kubogi-2023: O‘zbekiston “B” guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha 2023-yilgi Osiyo Kubogi musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston “B” guruhidan o‘rin olib, Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Musobaqa 2024-yil 12-yanvaridan 10-fevraliga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Respublika xirurgiya markazida daraxtlar kesilgani sababli xo‘jalik mudiridan 35 mln so‘m undiriladigan bo‘ldi
11 may 2023, 18:01

Respublika xirurgiya markazida daraxtlar kesilgani sababli xo‘jalik mudiridan 35 mln so‘m undiriladigan bo‘ldi

Vohidov nomidagi respublika xirurgiya markazida daraxtlarga zarar yetkazilgani aniqlandi. Shu sababli xo‘jalik mudiri 3 mln 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilib, undan umumiy hisobda 34,9 mln so‘m undirilishi belgilandi.

Aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini davlat qoplab beradi
11 may 2023, 17:47

Aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini davlat qoplab beradi

O‘zbekistonda “Quyoshli xonadon” dasturi qamrovini oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash, “yashil energiya” sertifikatlari tizimini yaratish hamda GESlarga “yashil” sertifikatlar berilishi belgilandi.

Nukus voqealari bo‘yicha ayblanuvchilar jazoni yengillashtirishni so‘radi
11 may 2023, 17:43

Nukus voqealari bo‘yicha ayblanuvchilar jazoni yengillashtirishni so‘radi

Nukus voqealari bo‘yicha apellatsiya ishi jarayonida sudlanuvchilar va advokatlar jazoni yengillatishni, marhum Shamshetovni esa oqlashni so‘radi. Prokuratura shartli ravishda hukm qilingan 4 nafar sudlanuvchiga nisbatan jazoni kuchaytirishni so‘radi. Birinchi kuni Tajimuratov va Nayipov o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.

Qatar amirining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
11 may 2023, 17:34

Qatar amirining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Qatar rahbari shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Qatar tomoni uning bo‘lajak tashrifi ko‘p qirrali sheriklikni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki berishiga ishonch bildirmoqda.

Quyosh panellarini o‘rnatishdagi kamchiliklar uchun 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berildi
11 may 2023, 17:24

Quyosh panellarini o‘rnatishdagi kamchiliklar uchun 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda quyosh panellarini o‘rnatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi belgilandi. 2 oyda o‘zgarish qilmasa, ular ishdan olinadi.

Uzum kompaniyasi ONA xayriya fondining loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
11 may 2023, 17:00

Uzum kompaniyasi ONA xayriya fondining loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

ONA jamoat fondi va Uzum o‘rtasida shartnoma imzolandi. Endi Uzum Toshkentdagi tarqatish punktlariga maxsus qutilar joylashtiradi, yig‘ilgan mablag‘lar esa jamg‘arma loyihalariga yo‘naltiriladi.

Toshkentda Nexia beton simyog‘ochga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi
11 may 2023, 16:29

Toshkentda Nexia beton simyog‘ochga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Yangihayot tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan Nexia-2 beton simyog‘ochga urildi. YTH sababli 23 yoshli haydovchi vafot etdi.

“Bugungi mavzu”: Talabalar haqidagi ilk veb-serial taqdimoti qanday o‘tdi?
11 may 2023, 15:00

“Bugungi mavzu”: Talabalar haqidagi ilk veb-serial taqdimoti qanday o‘tdi?

“Universitetda bo‘lish oson emas, ammo bo‘lmaslik undan ham qiyin” shiori ostida taqdim etilgan “Bugungi mavzu” seriali talaba yoshlarni qiynab kelayotgan ko‘plab aktual muammolarni ochib bergan.

Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 60 ga yaqin elektrobus chiqariladi
11 may 2023, 14:42

Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 60 ga yaqin elektrobus chiqariladi

Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 59 ta Yutong elektrobuslari qo‘yiladi (169 ta shunday transport vositasi 20-apreldan harakatlana boshlagan). Bu bir qancha yo‘nalishlarning harakat tarkibini to‘liq yangilash va ayrimlarida elektrobuslar sonini ko‘paytirish imkonini beradi.

Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
11 may 2023, 14:27

Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida 18 va 25-may kunlari qo‘shimcha qatnovlar qo‘yiladi.

Toshkentda bino 3 qavat o‘rniga 12 qavat qilib qurilgani bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi
11 may 2023, 14:20

Toshkentda bino 3 qavat o‘rniga 12 qavat qilib qurilgani bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi

Uchtepa tumanida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi eskiz loyihasida 3 qavat bo‘lishi ko‘rsatilgani, biroq amalda 12+1 qavat qilib qurilayotgani aniqlandi. Qurilish vazirligi boshqarmasi holatni o‘rganib, binoning qo‘shimcha qismini buzish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.

Rossiyada migrantlarni urushga yollash imkonini beruvchi loyiha tayyorlanmoqda
11 may 2023, 12:46

Rossiyada migrantlarni urushga yollash imkonini beruvchi loyiha tayyorlanmoqda

Rossiya Davlat dumasi Rossiya fuqaroligiga ega migrantlarni urushga yollash imkonini beruvchi loyihani tayyorlamoqda. Unda urushga yuborishga ruxsat berish, shuningdek, migrantlardan qurilish batalonida foydalanish nazarda tutilgan.

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
11 may 2023, 11:33

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Qashqadaryoda bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Avvalroq “Yuksalish” xodimlar va noqonuniy qaror qabul qilgan sud harakatlariga qanday baho berilganiga qiziqib, ish tafsilotlarini ochiqlashga chaqirgandi.

Tadbirkorlarning bankdagi pullarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun jazo tayinlanadi
11 may 2023, 11:25

Tadbirkorlarning bankdagi pullarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun jazo tayinlanadi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Endi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan roziliksiz pul o‘tkazgan yoki olib qo‘ygan yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmagan shaxslar 13,2 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi. Holat yana qaytarilsa, 3 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting