Toshkent shahri Yangihayot tumanida 11-may kuni sodir bo‘lgan YTH sababli haydovchi vafot etdi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati.

Soat 07:30 da tumanning Toshkent aylanma yo‘lida 2000-yilda tug‘ilgan A.A. Nexia-2 avtomashinasida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng beton simyog‘ochga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Holat yuzasidan shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan holda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.