O‘zbekistonlik muaytaychilar JCHda 5 ta medal oldi
15 may 2023, 10:16

O‘zbekistonlik muaytaychilar JCHda 5 ta medal oldi

Muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi
15 may 2023, 10:16

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi

I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHni 9 ta medal bilan yakunladi
14 may 2023, 18:44

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHni 9 ta medal bilan yakunladi

Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatining oxirgi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschilar musobaqani 9 ta medal bilan yakunladi.

Toshkentda transafg‘on temir yo‘li loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi
14 may 2023, 16:02

Toshkentda transafg‘on temir yo‘li loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi

Toshkentda O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi. 20 mln tonnagacha yuk tashish imkonini beruvchi yo‘l Yevropa Ittifoqi, Rossiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va undan keyingi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini bog‘lashi kerak.

Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi
14 may 2023, 15:59

Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi

Prezident Milliy gvardiya xodimlarining vakolatlarini kengaytirish, jumladan, ularga jamoat joyida spirtli ichimlik ichganlik, voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jarima solish imkonini beruvchi qonunni imzoladi.

IBA afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga umrbod ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam tayinladi
14 may 2023, 09:21

IBA afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga umrbod ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam tayinladi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov afsonaviy bokschi, “Toshkent yo‘lbarsi” Rufat Risqiyevga chempionlik kamari, “G‘alabaga bo‘lgan iroda” mukofoti hamda 10 ming dollar mablag‘ topshirdi. Shuningdek, unga ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam ham tayinlandi.

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi
14 may 2023, 09:02

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Shoira uzoq yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Toshkent viloyatida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, videoga olgan ota ushlandi
13 may 2023, 23:37

Toshkent viloyatida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, videoga olgan ota ushlandi

Tarmoqlarda erkak o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, yangiyo‘llik 30 yashar erkak oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, jarayonni videoga olgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sudya, pedagog, agronom va amaldagi prezident — kelgusi 7 yillikdagi O‘zbekiston rahbarligi uchun kimlar kurashadi?
13 may 2023, 20:03

Sudya, pedagog, agronom va amaldagi prezident — kelgusi 7 yillikdagi O‘zbekiston rahbarligi uchun kimlar kurashadi?

9-iyulda o‘tkaziladigan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi uchun siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini ilgari surdi. “Milliy tiklanish” O‘zLiDeP izidan borib, amaldagi davlat rahbari nomzodini qo‘llab-quvvatladi. “Gazeta.uz” ularning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir materialga jamladi.

Bahodir Jalolov O‘zbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi
13 may 2023, 19:28

Bahodir Jalolov O‘zbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi

Bokschi Bahodir Jalolov JCH finalida kubalik raqibi ustidan g‘alaba qozondi va ikkinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. Shu tariqa finalning birinchi kunida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hasanboy Do‘smatov ham boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13 may 2023, 19:05

Hasanboy Do‘smatov ham boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Hasanboy Do‘smatov boks bo‘yicha jahon chempionati finalida fransiyalik Bilal Bennamani 1-raundda nokautga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu bilan u O‘zbekiston hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha JCH finalini tomosha qilish uchun Humo Arena`ga bordi
13 may 2023, 18:29

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha JCH finalini tomosha qilish uchun Humo Arena`ga bordi

O‘zbekiston prezidenti boks bo‘yicha jahon chempionati finali o‘tayotgan Humo Arena sport majmuasiga tashrif buyurdi. Avvalroq Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda g‘alabaga erishib, oltin medalga ega chiqqandi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13 may 2023, 17:52

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha JCHda ilk oltinni qo‘lga kiritdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauov ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va 200 ming dollar pul mukofoti egasiga ham aylandi.

O‘zbekiston energetika kompaniyalari milliardlab dollarlik zarar ko‘rdi
13 may 2023, 13:25

O‘zbekiston energetika kompaniyalari milliardlab dollarlik zarar ko‘rdi

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr, issiqlik energiyasi va ko‘mir qazib olish sohasidagi aksariyat korxonalar milliardlab dollar zarar ko‘rdi, “Issiqlik elektr stansiyalari”da zarar miqdori 1,6 trln so‘m bo‘ldi. “Gazeta.uz” kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini o‘rgandi.

“Milliy tiklanish” partiyasi Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi
13 may 2023, 12:48

“Milliy tiklanish” partiyasi Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi

2021-yilgi prezident saylovida nomzod bo‘lgan Alisher Qodirov muddatidan oldingi saylovda “Milliy tiklanish” partiyasi O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Buxoroda 3 erkak bir ayolni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi
13 may 2023, 10:44

Buxoroda 3 erkak bir ayolni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi

G‘ijduvon tumanida 3 erkak cho‘l hududida bir ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlanganlikda gumonlanib ushlandi. Ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari ketmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Qovoqchadan taomlar
13 may 2023, 09:14

Nima tayyorlaymiz: Qovoqchadan taomlar

Tovuq va qovoqchadan salat, quymoqlar, qovoqcha va pomidorli gazak, qiymali pirojkalar, koreyscha salat, shokoladli maffinlar va boshqalar — Zira.uz qovoqchadan (kabachki) tayyorlangan mazali taom va shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

Boks bo‘yicha JCHda 7 nafar o‘zbekistonlik finalga chiqdi. Ularga kimlar raqib bo‘ladi?
13 may 2023, 00:09

Boks bo‘yicha JCHda 7 nafar o‘zbekistonlik finalga chiqdi. Ularga kimlar raqib bo‘ladi?

Boks bo‘yicha JCHning 13−14-mayda o‘tadigan final bahslarida 7 nafar o‘zbekistonlik qatnashadi. Olimpiya chempionlari Hasanboy Do‘smatovga fransiyalik, Bahodir Jalolovga esa kubalik bokschi raqib bo‘ladi. Saidjamshid Jafarovni esa 2021-yilgi turnirda Shaxram G‘iyosovni mag‘lub etgan qozog‘istonlik bokschi kutmoqda.

O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi
12 may 2023, 22:07 2

O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatadi.

12-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 may 2023, 22:00

12-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Chuy viloyatida qurilayotgan avtomobil zavodi, prezidentlikka XDPdan Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev nomzodi, ko‘mir qazib olishni oshirishga topshiriq bergan prezident, dam kunlaridagi o‘zgaruvchan ob-havo va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting