Uzum raqamli servislar ekotizimi va ONA xayriya fondi hamkorlik memorandumini imzoladilar. Uning doirasida fond kompaniya infratuzilmasi va resurslaridan mablag‘ yig‘ish va xayriya loyihalarini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Birinchi bosqichda fond loyihalariga mablag‘ yig‘ish uchun qutilar Uzum Market`ning Toshkentdagi 50 ta buyurtmalarni topshirish punktlariga qo‘yiladi, kelgusida Uzum loyihaga xoldingning boshqa kompaniyalarini ham jalb qilib, hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirgan.

реклама, uzum, ONA

Uzum Market buyurtmalarni topshirish punktlarida yig‘ilgan barcha mablag‘lar ONA fondining quyidagicha loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi:

  • qiyin ahvolda qolgan ayollarga yordamga;
  • chekka aholi punktlarini suv bilan ta’minlashga;
  • og‘ir kasallikka chalingan bolalar va ayollarni davolash va tibbiy amaliyot o‘tkazishga;
  • O‘zbekistonning turli hududlaridan iqtidorli qizlar uchun ta’lim grantlari va boshqalarga.

“ONA fondi bilan hamorlik — Uzum`ning birinchi xayriya loyihasi. Ammo biz ijobiy o‘zgarishlar drayveri sifatida korporativ ijtimoiy loyihalarni faol rivojlantirish niyatidamiz. Uzum`ning missiyasi — o‘zbekistonliklar hayotini yanada yaxshilash, mamlakatning millionlab aholisiga maishiy masalalarni hal qilishda va murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tishda ko‘maklashish. Yil oxiriga qadar Uzum Market buyurtmalarni berish punktlari sonini 500 tagacha oshirishni rejalashtirgan, demak, muhtojlarga yordam berishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz yanada osonlashadi”, — dedi Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov.

“Umid ulashish — bizning umumiy ishimiz. Shunday ekan, mamlakatimizning imkon qadar ko‘proq kompaniyalari hamda aholisining xayriya loyihalariga bosh qo‘shishi, har bir muhtoj inson uni olish imkoniga ega bo‘lishi biz uchun muhim. Aminmizki, Uzum bilan hamkorlik tufayli minglab ezgu ishlarni bajara olamiz”, — deb aytib o‘tdi ONA fondi vasiylik kengashi a’zosi Shirin Jonibekova.

Reklama huquqlari asosida.