6-may kuni Toshkentda joylashgan Yulduz Cinema kinoteatrida Ziyo Forum — ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi GMD Production bilan hamkorlikda O‘zbekiston talabalari hayotiga bag‘ishlangan “Bugungi mavzu” nomli veb-serialning yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Qizil yo‘lakchadan serial ijodkorkorlari, aktyorlar, taniqli bloger va jamoat faollari o‘tib, tadbirni ochib berdi.

реклама

Serial birinchi qismining taqdimotidan avval barchani furshet va suratga tushish uchun maxsus fotozona kutardi. Bularning bariga orkestr jamoasining kuylari hamrohlik qilib, tadbirga o‘zgacha bayramona kayfiyat ulashdi.

реклама

Premera kuni tashrif buyuruvchilarning aksariyat qismi aynan oliy ta’lim muassasalari talabalari edi. Tadbir muhiti yoshlarga xos kayfiyatda o‘tkazilishi — tashkilotchilarning maqsadi bo‘lganligi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.

реклама

Taqdimotni taniqli boshlovchi, bloger va stand-up komik Mirshakar Fayzulloyev va uning hamkasbi Islom Karimov ochib berdi. Tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida stand-up dasturlari ijodkorlari — Navro‘z Hikmatov va Abdurahim Mansurovlar o‘z hazillari bilan chiqish qilib, tadbirni davom ettirishdi.

реклама

“Bugungi mavzu” seriali — talabalar orasida uchrayotgan aktual mavzular, ijtimoiy muammolar va yoshlarga oid turli vaziyatlarni ochib bergan. Ijodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, har bir seriya ma’lum bir talaba yoshning hikoyasiga bag‘ishlanadi.

реклама

“Biz universitet bilan bog‘liq va umuman olganda ko‘pgina yoshlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni maksimal darajada ochib berishga harakat qildik. Istardimki, mazkur serialni tomosha qilayotgan har bir tomoshabin, insoniylik va mehr — bizni qutqaradigan va inson qiladigan hislatlar ekanligini yanada yaxshiroq anglasin. Har bir personaj o‘ziga xos rang gammasiga ega, ularning har biri o‘z uslubida suratga olingan va bu albatta operatorlik ishimizni baholashingiz uchun zamin yaratadi”, — deydi g‘oya muallifi va loyihaning kreativ prodyusseri Sadoqat Sultonmurodova.

реклама

“Mazkur serialimizda „shunchaki kino“ deya o‘ylab topilgan mavzular emas, aynan talabalarning hozirgi kundagi qiynayotgan muammolar yoritib berilgan, shu sababli serialni „Bugungi mavzu“ deb nomladik. Bizning serial qaysidir ma’noda ushbu muammolarning yechimi ham bo‘lishi yoki yechimini paydo bo‘lishiga turtki bo‘lishi mumkin”, — deydi Olimjon Xaitmuxamedov, Ziyo Forum — ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi direktori o‘rinbosari va serial prodyusseri.

Olimjon Xaitmuxamedov ta’kidlashicha, serialni tomosha qilayotgan har bir tomoshabin, albatta bu real hayotdagi voqea ekanligini bilishi va his qilishi kerak.

реклама

“Serial nomi haqida uzoq o‘yladik. Loyiha ustida katta jamoa ishladi va biz har bir dars, ma’ruza va hokazolar aynan „bugungi mavzu“ jumlasidan boshlanishini esladik. Serial talabalarga bag‘ishlangan. Unda biz talabalar hayoti, ular duch keladigan muammolar, g‘alabalar mavzularini ko‘tarib chiqqanmiz. Serial maqsadi — uni ko‘radigan har bir yosh avlod eng avvalo harakat va o‘z ustida ishlash bu hayotning asosiy mezoni ekanligini anglab yetishi deb bildik”, — deydi Ziyo Forum — ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi direktori Bobur Farmanov.

реклама

Fond rahbarining ta’kidlashiga ko‘ra, bu turdagi, ya’ni yoshlar va talabalarga bag‘ishlangan veb-seriallar ayni damda o‘zbek tomoshabinlari uchun yangilik.

“Suratga olish ishlari sifatli o‘tishi, har bir kadr to‘laqonli chiroyli va vizual jihatdan yoqimli bo‘lishi uchun ko‘pgina mutaxassislarni jalb qildik”, — deydi Bobur Farmanov.

“Bugungi mavzu” serialida talabalik paytida har xil mayda muammo va masalalarga emas, aksincha o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rish va yangi qirralarni ochish uchun zamin yaratuvchi eng muhim davrlardan biri ekanligiga ham urg‘u berilgan.

реклама

Serial qismlari “Imtihon”, “Qismat”, “Sevgi”, “Mehr”, “Qadriyat”, “Soxta maqsad” singari tushunchalarini o‘zida mujassam etib, shu tariqa nomlangan.

Serial birinchi qismining taqdimotidan so‘ng, uning ijodkorlari bilan birgalikda matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Unda tomoshabinlar, OAV xodimlari va blogerlar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

“Bizning hayotimizda ro‘y berayotgan voqealarni yaqqol ko‘rsatib berishdan qo‘rqmagan ajoyib serial chiqibdi”, — dedi Texnoplov kanali asoschisi Fariz Abduraimov.

реклама

Serial syujeti hozirgi vaqtda talabalar orasida ro‘y berayotgan real hodisalardan ilhomlanib yaratilgani yana alohida ta’kidlanib o‘tildi. Unda shilqimlik va tegajoqlik (xarrasment), zo‘ravonlik, o‘zaro munosabatlar, do‘stlik va boshqa bir qancha tushunchalar ochib berilgan.

“Bizda serial industriyasining yangi to‘lqini boshlanmoqda. Bu narsadan shaxsan men juda xursandman”, — dedi Abdullajon Yusupov, bloger.

Serial YouTube tarmog‘idagi “Bugungi mavzu” kanalida har shanba kuni soat 20:00 da namoyish etiladi.

Telefon: (+998) 97−195−25−35.
Manzil: Universitet ko‘chasi, 12-uy.

YouTube: bugungimavzu
Sayt: ziyoforum.uz
Instagram: @Ziyo_Forum
Facebook: fb.com/ZiyoForum
Telegram: t.me/Ziyoforum_uz

Reklama huquqlari asosida.